149
o‘rganish uchun prizmadan chiqqan
nurlardan bittasini qoldirib,
qolganini
berkitamiz va qoldirilgan nur yo‘liga boshqa prizmani qo‘yamiz. Priz-
madan o‘tgan nurlarning og‘ish burcha
gini o‘l
chab, turli rangdagi
nurlarning prizmadan o‘tishda turli burchakka og‘i shini kuza tamiz. Eng
ko‘p og‘ish binafsha nurga, eng kam og‘ish qizil nurga to‘g‘ri keladi. Agar
berkitilgan
nurlarni ochib yuborib, ikkinchi prizmadan o‘tkazilsa, nurlar
yig‘ilib, yana oq nur ko‘rinishida bo‘ladi. Bu bilan Nyuton Quyoshdan
keluvchi oq nur aslida ma’lum nisbatda qo‘shilgan
turli toza ranglarning
aralashmasidan iborat ekanligini isbotlaydi. Haqiqatan ham, keyinchalik
Yung degan olim yettita rang emas, balki uchta: qizil,
havorang, yashil
ranglarni qo‘shib oq rang hosil qilib ko‘rsatadi. Shu uchta rangni turli
nisbatda aralashtirilsa, boshqa barcha ranglar hosil bo‘lar ekan.
Hozirgi
zamon rangli televizorlarida mana shu uchta rang qo‘shilishidan rangli
tasvir hosil qilinadi. Narsa va predmetlarning ham turli rangda ko‘rinishi
ularning o‘ziga tushgan yorug‘likdagi ayrim ranglarni yutib, ayrimlarini
esa qaytarishidir. Masalan, qizil shar faqat qizil rangni qaytarib, qolganini
yutadi. Qora jism tushgan yorug‘likning deyarli barchasini yutsa, oq jism
qaytaradi.
Demak, yuqorida aytilgan kamalak ham yomg‘ir tomchilari xuddi
prizma kabi nurlarni qaytarishi va undan sinib o‘tishi
sababli paydo
bo‘ladi.
Aristotel kamalak uchta rangdan iborat deb hisoblagan: qizil, yashil,
binafsha. Nyuton esa dastlab kamalakda beshta rangni ajratgan: qizil, sariq,
yashil, ko‘k, binafsha. Keyinchalik o‘nta rang bor deb aytgan. Oxirida
yettita rangda to‘xtagan. Haqiqatan, kamalakka
diqqat bilan qaralsa,
ranglar bir-biridan aniq chegara bilan ajratilmagan. Yetti raqamining
qabul qilinishi shartli bo‘lib, qadimdan bu raqamga alohida urg‘u berilgan.
Dunyodagi yetti mo‘jiza, yetti qavat osmon, haftaning yetti kuni va h.k.
Momaqaldiroqli yomg‘irdan so‘ng ko‘ringan kamalak yorqin bo‘ladi.
Maydalab yoqqan yomg‘irdan so‘ng hosil bo‘lgan kamalak xiraroq bo‘ladi.
Quyosh gorizontga qancha yaqin bo‘lsa, kamalak o‘lchamlari
shuncha katta
bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: