143
104-rasm.
105-rasm.
106-rasm.
F
Hisoblashlar shuni ko‘rsatadiki, qa
variq
va botiq ko‘zgularda buyumdan ko‘zgu mar-
kazigacha bo‘lgan masofa
d, tasvirdan ko‘zgu
o‘rtasigacha bo‘lgan masofa
f (104-rasm)
va fokus masofasi
F orasida quyidagicha
bog‘liqlik bor:
.
Botiq ko‘zgularda
d va
F hamma vaqt musbat qiymatga ega.
f ning
qiymati haqiqiy tasvir uchun musbat, mavhum tasvir uchun manfi y
bo‘ladi.
Sferik ko‘zgular kundalik turmushda va texnikada keng qo‘llaniladi.
Qavariq ko‘zgular avtomobillarda orqa tomonni kuzatish uchun o‘rnatiladi.
Chunki unda yassi ko‘zguga nisbatan kattaroq joyni ko‘rish mumkin. Botiq
ko‘zgular nurni to‘plash xususiyatiga ega bo‘lganligidan projektorlarda,
avtomobil va qo‘l chiroqlarida qo‘llaniladi.
1. Mavhum tasvir deganda nimani tushunamiz?
2. Tajribada sferik ko‘zgularning fokusi qanday topiladi?
3. Sferik sirt markazi va ko‘zgu fokusi ustma-ust tushadimi?
4. Botiq ko‘zguda kattalashgan tasvirni olish uchun buyumni qayerga qo‘yish
kerak?
Dostları ilə paylaş: