137
Bu hodisalarning sababi yorug‘likning turli jism-
lar – ko‘zgu, suv yuzasi, deraza oynasi, silliqlangan metall
yuzalari va boshqa buyumlardan qaytishidir. Yorug‘lik
havodan suvga tushganda uning bir qismi qaytadi, bir
qismi suv ichiga o‘tadi. Yorug‘likning qaytishini o‘rganish
uchun quyidagi qurilmadan foydalaniladi (99-rasm). Optik
disk o‘rtasiga yassi ko‘zgu qo‘yib, unga «nurli ko‘rsatkich»
(lazer) nurini yuboraylik. Shunda ko‘zgudan nur qaytganini
ko‘ramiz. Nurning tushish burchagini o‘zgartirib ko‘rsak,
qaytish burchagi ham unga mos ravishda o‘zgarar ekan.
Tushish burchagi deb, tushgan nur bilan, nur tushgan
nuqtaga o‘tkazilgan perpendikular orasidagi burchak (α)
ga aytiladi.
Qaytish burchagi sifatida qaytgan nur bilan,
shu nuqtaga o‘tkazilgan perpendikular orasidagi bur
chak
(γ) olinadi. Tajribalar ko‘rsatadiki,
qaytish burchagi har
doim tushish burchagiga teng:
α = γ.
Bunga
yorug‘likning qaytish qonuni deyiladi.
Agar buyumning yuzasi mutloq silliq bo‘lganda edi, nur undan faqat
bir tomonga qaytgan va biz uni o‘sha tomondan qa rasakkina, ko‘rgan bo‘lar
edik. Aslida buyumlarning yuzasida g‘adir-budurliklar bo‘lganligi tufayli
undan yorug‘lik sochilib ketadi. Sochilgan nur ko‘zni charchatmaydi. Shu
sababli xonani yorituvchi manbalar yorug‘likni sochib yuboradigan qilinadi.
Yorug‘likning sinishi. Yorug‘likning sinishini o‘rganish uchun optik
diskda yassi ko‘zgu o‘rniga yarim doira shaklidagi shishani o‘rnatamiz
(100-rasm). Shishaga nurli ko‘rsatkichdan nur yuborilganda, undan bir
qism nur qaytganligini (
1) va bir qismi sinib, shisha ichiga o‘tganligini
(
2) ko‘rish mumkin.
Singan nur bilan sinish nuqtasiga o‘tkazilgan
Dostları ilə paylaş: