Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar


Shisha prizma yordamida yorug‘likning spektrga ajralishini o‘rganish



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/124
tarix20.06.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#61845
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   124
6-sinf. Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar

Shisha prizma yordamida yorug‘likning spektrga ajralishini o‘rganish
6. Tajribani nurli ko‘rsatkichni optik diskning chap tomoniga o‘rnatib 
takrorlanadi.
1. Tushish burchagi va qaytish burchagi o‘zaro qanday muno sabatda bo‘-
ladi?
2. Qaytayotgan nur tushgan nurga nisbatan qanday joylashadi? Bir tekis-
likdami yoki ixtiyoriy tekislikdami?
52-MAVZU
SHISHA PRIZMA YORDAMIDA YORUG‘LIKNING 
SPEKTRGA AJRALISHINI O‘RGANISH
Kerakli asboblar. Proyeksion apparat (ichida cho‘g‘lanma elektr 
lampasi va nurlarni to‘plab beruvchi optik sistemasi bo‘lgan qurilma); turli 
shishadan yasalgan prizmalar; ko‘chma ekran.
Ishni bajarish.
1. 116-rasmda ko‘rsatilgan quril ma yig‘iladi.
116-rasm.
2. Proyeksion apparat yoqilib, undagi nur ingichka holatda prizmaga 
tushiriladi (buning uchun pro 
yeksion apparatdan chiquvchi nurni tor 
tirqishdan o‘tkaziladi).
3. Prizmani burib, ko‘chma ekranda aniq yorug‘lik spektri hosil 
qilinadi. Ekranda spektr kengligi o‘lchab olinadi.
4. Tajribani boshqa prizmani qo‘yib takrorlanadi.
5. Spektr kengligi prizma yasalgan shisha turiga, prizma asosining 
kengligiga bog‘liqligi o‘rganiladi. Natijalari doskaga yoziladi.


152
152
V bob. Yorug‘lik hodisalari
1. 
 
Prizmadan chiqqan nurlarning burilish burchagi nur rangiga qanday 
bog‘liq?
2. Spektrda nurlarning joylashish tartibi qanday?
3. Nima uchun spektr kengligi prizma asosining kengligiga bog‘liq?
Masala yechish namunalari
1-masala. 117-rasmda botiq ko‘zguga kelgan nur ko‘rsatilgan. 
Ko‘zgudan qaytgan nur qaysi oraliqdan o‘tadi? M – ko‘zgu markazi, 
 – ko‘zgu fokusi.
117-rasm.
Y e c h i l i s h i. Botiq ko‘zgularga bosh optik 
o‘qqa parallel kelgan nurlar ko‘zgudan qaytgach, 
fokusdan o‘tadi. Agar nur ko‘zgu markazidan 
uzoqroq masofadan kelsa, M va F oralig‘idan o‘tadi.
b)
118-rasm.
B
A
B
a)
2-masala. Ikkita nuqtaviy yorug‘lik man 
bai, 
kichik bir sharcha va ekran 118-a rasmda ko‘r-
satilganidek joylashtirilgan. Ekranda shar 
chaning 
soyasi va yarim soyasi qanday hosil bo‘lishini 
ko‘rsating.
Yech ilish i. Masalaning yechilishini chizma 
orqali ko‘rsatish qulay. Ekrandagi A sohada soya, B 
sohalarda yarim soya kuza tiladi (118-rasm).
3-masala. Fokus masofasi 20 sm bo‘lgan botiq 
ko‘zguda shamning tasviri f = 30 sm masofada hosil 
bo‘ldi. Shamning ko‘zgudan uzoqligi (d) ni toping.
B e r i l g a n :
F o r m u l a s i :
Y e c h i l i s h i :
F = 20 sm
f = 30 sm
d = 60 sm.
Javobi: 60 sm.
Topish kerak
d = ?


153

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin