YAKUNIY SUHBAT Bunda Siz V bobda o‘rganilgan mavzularning qisqacha xulosalari bilan
tanishasiz.
Yorug‘lik
manbalari
O‘zidan yorug‘lik chiqaradigan jismlarga aytiladi. Shartli ravishda
tabiiy va sun'iy manbalarga ajratiladi.
Yorug‘lik qa-
bul qilgichlari
Yorug‘lik ta’sirida ishlaydigan jismlarga aytiladi. Masalan, fotoplyonka,
fotosurat, videokamera, quyosh batareyalari va h.k.
Yorug‘likning
tarqalishi
Shaffof bir jinsli muhitda to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqaladi. Yorug‘lik
tarqalayotgan chiziq yorug‘lik nuri deyiladi.
Yorug‘likning
qaytish
qonuni
1 2 Tushgan nur va nur tushgan nuqtaga o‘tka zilgan per-
pendikular orasidagi burchak α tu shish burchagi,
qaytgan nur va perpendikular orasidagi burchak γ
qaytish burchagi deyiladi. Tushish burchagi qaytish
burchagiga teng.
Yorug‘likning
sinishi
1 2 Singan nur va nur tushgan nuqtaga o‘tkazilgan per-
pendikular orasidagi burchak β sinish bur chagi deyila-
di. Yorug‘lik tezligi katta bo‘lgan muhitdan tezligi ki-
chik bo‘lgan muhitga o‘t ganda sinish burchagi tushish
burchagidan ki chik bo‘ladi.
Soya va yarim
soya
S T Yorug‘likning to‘g‘ri chiziq bo‘y lab tarqalishi
tufayli to‘siq orqa
sida yorug‘lik mutlaqo
tushmay digan soha soya, qisman tushadi gan
soha yarim soya deyiladi.
Quyosh
tutilishi
Oy Oy orbitasi Yer Quyosh Yer va Quyosh oralig‘iga Oy
tushib qolganda, Quyoshdan
Yerga kela digan nurlarni Oy
to‘sib qoli sh hodisasi. Yerdagi
kuzatuvchining joylashgan
o‘r niga bog‘liq holda to‘la tutilish yoki qisman tutilish kuzatiladi.
Yakuniy suhbat