Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar


-MAVZU TOVUSH MANBALARI VA UNI QABUL QILGICHLAR



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/124
tarix20.06.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#61845
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   124
6-sinf. Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar

53-MAVZU
TOVUSH MANBALARI VA UNI QABUL QILGICHLAR
Tovush qanday hosil qilinishini o‘rganish uchun quyidagi tajribani 
o‘tkazaylik (119-rasm). Chizg‘ichni olib, parta chetiga uchini uzun qilib 
chiqargan holda qo‘yaylik. Qolgan 
qismini rasmda ko‘rsatilganidek qo‘l 
bilan bosib ushlaylik. Uzun uchidan 
pastga bosib qo‘yib yubor sak, chizg‘ich 
uchi tebrana boshla 
ganini ko‘ramiz. 
Bunda tovush chiqadimi? Chizg‘ich 
119-rasm.


159
uchini parta ustiga surib tajribani takror laymiz. Bunda tovush eshitiladi. 
Chiz 
g‘ichning tebranuvchi qismini kamaytirib borilsa, tovush aniqroq 
eshitila bosh laydi.
Demak, tovush chiqaruvchi barcha man ba larda nimadir tebranar ekan. 
Haqiqatan ham, radiokarnayni 120-rasmda ko‘rsatilga 
nidek qo‘yib, ustiga 
kichik yengil po‘kak parchalarini yoki o‘yin choq to‘pponchaning plastmassa 
shar cha-o‘qlarini qo‘ysak, tovush chiqa yotganda sakrab turganligini ko‘ramiz.
Nima sababdan uzun chizg‘ich tebranib turgan da biz uning tovushini 
eshitmadik? Buni tushun 
tirish uchun tebranishni xarakterlaydigan 
tushuncha va kattaliklarni kiritaylik.
1. Har qanday takrorlanuvchi harakatga tebran ma harakat deyi-
ladi.
2. 1 sekund davomidagi tebranishlar soniga tebranishlar chastotasi 
deyiladi. Chastotani ν harfi bilan belgilanadi. Agar jism 1 sekundda 
1 marta tebransa, uning chastotasini 1 Gers (Hz) deb qabul qilingan. 
.
Inson qulog‘i 16 Hz dan 20 000 Hz gacha bo‘lgan tovushlarni eshita 
oladi. 16 Hz dan kichik tovushlarni infratovush va 20 000 Hz dan 
kattalarini ultratovush deyiladi.
Aniq bir chastotali tovush chiqaradigan asbobga kamerton deyiladi. 
Kamertonni 1711-yilda ingliz musiqachisi J. Shorom ixtiro qilgan bo‘lib, 
musiqa asboblarini sozlashda foydalangan. Kamerton ikki shoxli metall 
ster jendan iborat bo‘lib, o‘rtasida tutqichi bor (121-rasm). Rezina ta yoqcha 
bilan kamer tonning bir shoxchasiga urilsa, ma’lum bir to vush eshitiladi. 

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin