VI bob. Tovush hodisalari
162
162
guldiragan ovozi keladi. Demak, tovushning havoda tarqalish tezligi
yorug‘likning tarqalish tezligidan ancha kichik ekan. Tovushning havoda
tarqalish tezligini birinchi marta 1636-yilda fransuz olimi M. Mersen
o‘lchagan. Tovushning 20°C dagi tezligi 343 m/s yoki 1235 km/soat ga
teng. Bu kattalik miltiq o‘qining tezligidan taxminan ikki barobar kam.
Tovushning tezligi havo temperaturasi ko‘tarilishi bilan ortadi. Tovush
tezligi 10°C da 337,3 m/s, 0°C da 331,5 m/s, 30°C da 348,9 m/s va 50°C
da 360,3 m/s ga teng. Turli gazlar, suyuqliklar va qattiq jismlar uchun 0°C
dagi tovush tezligi 5-jadvalda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: