165
Erkaklar chiqaradigan asosiy tonga qarab, ovozi
«Bas» (80–350 Hz),
«Bariton» (110–400 Hz), «Tenor» (230–520 Hz) kabilarga, ayollarnikini
«Soprano» (260–1050 Hz),
«Kontralto» (170–780 Hz), «Messo-soprano»
(200–900 Hz) va
«Koloratur soprano» (260–1400 Hz) larga bo‘linadi.
Amaliy topshiriq (sinfda bajariladi)
Kamertonni avval rezina tayoqcha bilan, so‘ngra bolg‘acha dastasi
bilan urib, kamertonning tovush chiqarishida qanday farq bo‘lishini
aniqlang.
Uyda qadahlar bilan bajarish mumkin.
1. Qattiq baqirgan va chiyillagan ovozlar nimalari bilan farqlanadi?
2. Rubobni sozlashda uning torini tarangroq tortiladi. Shunda chiqayotgan
tovushning qaysi parametri o‘zgaradi?
3. Chelakni vodoprovod jo‘mragi yordamida to‘ldirilmoqda. Nima uchun idish
to‘lgan sari uning tovushi balandroq eshitiladi?
•
Yorug‘lik spektrini yetti rangga ajratishganidek, tovush tonlarini
ham yettitaga ajratishgan: do-re-mi-fa-sol-lya-si... Ranglarning
yorqin
ligini ham, tovushlarning kattaliklarini ham inson ko‘zi va
qulog‘ining sezgirligi bilan baholashadi. Тovushlarni tonlarga ilmiy
ravishda ajratishni Pifagorga tegishli deyishadi. Uning shogirdlari kedr
yog‘o
chidan, bitta tor tortilgan «monoxord» deb ataluvchi asbobni
yasash gan. Тor chertilsa, bitta tonga ega bo‘lgan ovoz chi
qargan. Тor
uzunligini ikki qismga ajratilsa (o‘rtasini bosib), yuqoriroq tonda ovoz
chiqargan. Shunday qilib musiqiy tonlarni tor uzunligi bilan belgilaydigan
qonuniyatlar topishgan.
•
Hayvonlar ichida fi lning qulog‘i eng katta. Bunga ko‘ra uning eshitish
qobiliyati juda yuqori bo‘lsa kerak deb o‘ylashadi. Aslida fi l quloqlari
uning temperaturasini o‘zgartirmay ushlab turishi uchun xizmat qiladi.
Quloqlardan o‘tgan qon soviydi. Shunga ko‘ra issiq kunlarda fi l quloqlarini
tinmay qimirlatib turadi.
Dostları ilə paylaş: