Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar


Tovush manbalari va uni qabul qilgichlar



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/124
tarix20.06.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#61845
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   124
6-sinf. Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar

Tovush manbalari va uni qabul qilgichlar
120-rasm.
121-rasm.


VI bob. Tovush hodisalari
160
160
Kamer ton ning tebranishiga ishonch hosil qilish uchun ipga birorta yen-
gil sharchani osib, uni kamertonning ikkinchi shoxchasiga tegizib qo‘ya-
miz. Kamertondan ovoz chiqqanda sharcha ham tebranib turganligini 
ko‘rish mumkin. Kamertondan chiqadigan ovozni kuchaytirish uchun 
u yog‘ochdan yasalgan qutiga o‘rnatiladi. Bu qutini rezonator deyiladi. 
Shu maqsadda rubob, tor, dutor, tanbur kabi asboblarda tebranuvchi sim 
ostiga yupqa parda qo‘yiladi. Odamning ham tovush chiqaruvchi og‘zi 
kamertonga o‘xshaydi. Til tebranuvchi jism bo‘lsa, og‘iz bo‘shlig‘i va 
tomog‘i rezo nator vazifasini bajaradi.
Tovush qabul qilgichlarga bi rinchi navbatda inson qulog‘ini kiritamiz. 
Quloq ichida maxsus parda bo‘lib, unga tovush tush 
ganda tebranadi 
va undan signallar miyaga uzatiladi. Odamlar qu 
loqlarining sezgirligi 
turlicha bo‘ ladi. O‘quvchi yoshlar bilan qa riyalarning qulog‘i birday eshit-
maydi. Xuddi shunday, hayvonlarning ham tovushni eshitish chastota 
diapazoni boshqacha. Kapalaklar, kuchuk va mushuklar, ko‘rshapalaklar 
ultra tovushlarni ham qabul qila oladi. Delfi n 200 kHz gacha bo‘lgan 
ultratovushlarni qabul qiladi.
Tovushni qabul qilish uchun maxsus mikrofonlar yaratilgan. «Mik-
rofon» so‘zi yunoncha ikki so‘zdan: mikros – kichik va phone – tovush 
so‘zlaridan olingan. Mikrofonda tovush tebranishlari elektr tebranishlariga 
aylantiriladi, so‘ngra maxsus kuchaytirgichlarda kuchaytiriladi.
Karnay va surnaylarda ovoz qanday hosil qilinishi haqida oylab 
koring.
1. Nima sababdan musiqani doim baland ovozda eshitadigan yoki uzluksiz 
«audio pleer» eshitib yuradiganlarning qulog‘i sezgirligi kamayib ketadi?
2. Tabiatda qanday hodisalar tovush chiqarish bilan birga ro‘y beradi?
• 
Chastotasi 7–9 Hz bo‘lgan infratovush insonlarga yomon ta’sir 
ko‘rsatadi. U bosh aylanishni, qayt qilishni vujudga keltiradi. 
Ko‘proq muddat ta’sir etsa, o‘limga olib kelishi ham mumkin. Shunday 
voqea kuzatilgan. Mamlakat poytaxtlarining biridagi teatrda tragediya 


161
ko‘rsatilgan. Тomosha paytida «Organ» deb ataluvchi musiqa asbobi 
chalinishi kerak edi. Sahnadagi fojianing tomoshabinlarga ta’sirini 
kuchaytirish maqsadida teatrning musiqaviy mexanigi organ trubalarini 
biroz o‘zgartiradi. Тomosha boshlanib, musiqachi organ klavishlarini bosa 
boshlaganda zaldagi odamlarda qandaydir qo‘rquv hissi uyg‘ona boshlagan. 
Natijada odamlar dastlab birin-ketin, keyin yoppa 
siga teatrdan qochib 
qolgan. Тekshirilganda organdan infratovush chiqayotgan bo‘lgan. Hozirgi 
kunda infratovushning inson salomatligiga ta’siri o‘rganilgan va shovqinlar 
manbai bo‘lgan joylarda infratovushlar bor yoki yo‘qligi aniqlanadi.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin