Avtomobil uzatmalar qutisining tishli mexanizmlari odatda silindrik tishli g‘ildiraklardan iborat va qo‘zg’almas geometrik o‘qli yoki planetar qilib tayyorlanadi. Ikkita ilashib turgan tishli g‘ildiraklarning kichgini-shesternya, kattasini-g‘ildirak deb ataladi (3.2-rasm).
Ishlash prinsipi: Tishli uzatmalarda burovchi moment miqdori va yo‘nalishi har xil tishlar soniga ega bo‘lgan tishli shesternya va tishli g‘ildiraklarni o‘zaro ilashishi hisobiga turli miqdordagi uzatishlar sonini hosil qilish hisobiga amalga oshiriladi tishli shesternya A dan tishli g‘ildirak B ga burovchi moment uzatilganda uning miqdori 2 marotaba oshadi, chunki uzatishlar soniga teng, lekin ikkinchi valning aylanishlar soni 2 marotaba birinchi valning aylanishar soniga nisbatan kamayadi (3.2-rasm).
3.2-rasm. Uzatishlar sonining o‘zgarishi.
Dvigateldan kelayotgan burovchi momentning yo‘nalishini o‘zgar- tirish sxemasi 3.3-rasmda keltirilgan. Dvigateldan kelayotgan burovchi moment birlamchi (yetaklovchi) val, shesternyadan orali valga uzatiladi, so‘ngra burovchi moment oraga yurishni ta’minlash shesternyasidan o‘tadi va o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradi, yo‘nalishi o‘zgargan burovchi moment (yetaklanuvchi) ikkilamchi valdan yetaklovchi g‘ildiraklarga yetkaziladi.