Reja: 1.Uzatmalar qutisi.Uzatmalar qutisining qonstruksiyasi. 2.Pog’onasiz uzatmalar qutisining tuzilishi va ishlash uslubi. 3.Sinxronizatorlarning tuzilishi va ishlash uslubi
Vazifasi:
Vazifasi:
uzatishlar sonini kopaytirish yoki kamaytirish yo‘li bilan avtomobil harakat tezligini va yetaklovchi g‘ildiraklardagi tortish kuchini miqdorini o ‘zgartirish;
dvigateldan kelayotgan burovchi momentni yo‘nalishini o‘zgartirish (avtomobilni orqaga yurishini ta’minlash);
dvigatel tirsakli valini yetakchi g‘ildiraklardan uzoq muddatga ajratib qo‘yishni ta’minlaydi.
Uzatmalar qutisining uzatishlar soni uning yetakchi va yetaklanuvchi vallarining aylanish chastotalarining nisbatiga teng. Uzatishlar sonini o‘zgartirishning zarurligi, yo‘l sharoitiga bog‘liq bo‘lgan avtomobil harakatiga qarshilik kuchlari keng diapazonda o‘zgaradi, porshenli dvigatelning burovchi momenti esa, eng yuqori yonilg‘i uzatilganda, bor-yo‘g‘i 10-30% ga o‘zgarishi mumkin. Avtomobil joyidan o‘zalishida tez-tezlanish olish uchun va harakatiga sezilarli qarshilik kuchlarini yengish uchun, masalan to‘liq yuk bilan yuqoriga harakat qilganda, dvigatelning maksimal momentiga to‘g‘ri keladigan qiymatga qaraganda tortish kuchi bir necha bor katta bo‘lishi kerak. Tortish kuchini bunday kupaytirishni uzatishlar soninini o‘zgartirish bilan ta’minlanadi.
3.1-rasm. Yetakchi (A) va yetaklanuvchi (B) vallar.
Avtomobil uzatmalar qutisining tishli mexanizmlari odatda silindrik tishli g‘ildiraklardan iborat va qo‘zg’almas geometrik o‘qli yoki planetar qilib tayyorlanadi. Ikkita ilashib turgan tishli g‘ildiraklarning kichgini-shesternya, kattasini-g‘ildirak deb ataladi (3.2-rasm).