Sinxronizator muftasi gupchagining diski va halqalar bir-birlari bilan uchta ichi qovak qaydlanuvchi barmoqlar yordamida birlashgan. Har bir barmoqning kovagida qaydlanuvchi sharchalar va prujinalar urnatilgan. Halqaga tayanch kirg’izilkan bulib, u sharchalarning qadalib turishini ta’minlaydi. Sinxronizator bilan uzatmalar olishda qushiluvchi shesternyalar xuddi shesternya singari konussimon yo’zali chiziqlarga ega. Masalan, sinxronizatorlar muftasini chapga surilganda konussimon halqa mufta bilan siljib shesternyaning konussimon yo’zali chiqiqlariga tirmashadi. Leqin shu zumda mufta va shesternyaning Burchak tezliklari bir-biridan farqlanishlari sababli biqrlovchi barmoqlar halqa bilan birgaliqda muftaga nisbatan burilib, uning teshiqlariga siqiladi. Natijada mufta barmoqlarning biqrlovchi yuniqchalariga ilashib, ya’ni biqrlanib, shu yusinda uning siljishiga oshiqcha kuch sarflansa ham qushuvchi shesternya tomon batafsil sura olmaydi.
Ammo shu tarzda hosil qilingan kuch bilan birga xaydovchi tomonidan muftani surishga sarflangan kuch halqani yana ham shesternyaning konus yo’zali chiqiqlariga siqa boshlaydi. Natijasida ular orasida ilashish kuchayib, qushuvchi shesternya bilan muftaning Burchak tezliklari barobarlashadi.
Shunda mufta diskning teshiklaridagi bikrlovchi barmoqlarning tiralish kuchi pasayib, muftaning barmoqlarga nisbatan erkin surilishiga imkon yaratadi va uning tishli gardishi shesternyaning ichki mayda tishlari bilan bemalol shovqinsiz ilashadi.