Majburiy tebranishlar: Tebranishlar sistemasida davriy o'zgaruvchi tashqi
kuch yoki davriy o'zgaruvchi tashqi kuchlanish ta'sirida yuzaga keladigan
tebranishlar majburiy tebranishlar deyiladi.
Masalan, vibrator ta'sirida prujinali mayatnik majburiy tebranishlar
qiladi (2.12-rasm).
Majburiy tebranishlar hayotda juda ko'p uchraydi. Ishlovchi barcha
mashinalarning korpuslari va ular o'rnatilgan tagliklar majburiy
tebranishlar qiladi. Elektron - nur trubkasidagi elektron nuri ham
majburiy tebranishlar qiladi.
Majbur etuvchi kuch yoki kuchlanish har qanday qonun bo'yicha
o'zgarishi mumkin. Ammo biz, faqat garmonik qonuniyat bo'yicha
o'zgaruvchi.
𝐹 = 𝐹
𝑚
𝑠𝑖𝑛 𝜔𝑡 , 𝑢 = 𝑈
𝑚
𝑠𝑖𝑛 𝜔𝑡 ,
kuch yoki kuchlanish ta'sirida tebranish sistemasida yuzaga keluvchi
majburiy tebranishlarni o'rganamiz, bu yerda
ω — majburiy tebranishlar
chastotasi (erkin tebranishlar chastotasi
ω
0
» bilan chalkashtirmaslik
kerak).
Majburiy elektromagnit tebranishlarga sinusoidal qonun bo'yicha
o'zgaruvchi va sanoatda, qishloq xo'jaligida hamda kundalik hayotda
ishlatiladigan o'zgaruvchan tok misol bola oladi.
Dostları ilə paylaş: |