tebranishlar davri deb ataluvchi T teng vaqtlar oralig'ida qaytarilib turadi.
Agar t vaqt ichida N ta to'liq tebranishlar yuz bersa, tebranishlar davri
𝑇 =
𝑡
𝑁
formula bilan aniqlanadi.
Shunday qilib, to`la bir marta tebranish uchun ketgan vaqt oralig'i
garmonik tebranishning davri deb yuritiladi.
Vaqt birligi (1 s) ichidagi tebranishlar soni tebranishlar chastotasi
deyiladi va
𝒗 harfi bilan belgilanadi. Agar 𝑡 vaqt ichida 𝑁 ta to'liq
tebranishlar yuz bersa,
𝜈 =
𝑁
𝑇
bo'ladi.
Chastota
𝑣 birligi sifatida shunday chastota olinadiki, bunda 1 s
ichida bitta tebranish yuz beradi. Chastotaning bu birligi, nemis fizigi
G.Gers sharafiga gers (1 Hz) deb nomlangan. Amalda chastotani o'lchash
uchun karrali birliklardan foydalaniladi: kilogers (kHz), mcgagers (MHz) va
gigagers (GHz).
Davr va chastota uchun topilgan formulalarni taqqoslab, ular o'zaro teskari
kattaliklar ekanligini ko'ramiz:
𝑇 =
1
𝜈
𝜈 =
1
𝑇
|