tebranishlarga taalluqlidir. Shunday qilib, prujinali va matematik
Mayatniklar tebranishi bilan tanishgandan so`ng jismlarning
erkin tebranishlari qanday sharoitlarda sodir bo`lishini fahmlash biz
ta‘sir etishi kerak. Prujinali mayatnikda bu elastiklik kuchi bo`lib,
uning koordinata o`qiga proeksiyasi prujina deformasiyasiga, ya’ni
bu — proeksiyasi jism siljishiga proporsional bo`lgan og`irlik va
Ipli mayatnikdagi jismlar sistemasiga yer ham kiradi, chunki u yukka ta`sir
Ikkinchidan, sistemada ishqalanish iloji boricha kichik
bo`lishi kerak, aks holda tebranish tez so`nadi umuman hosil
bo`lmaydi. Erkin tebranishlar qancha vaqt davom etadi? Tinch
turgan mayatnikni turtib yuborib yoki uni ma‘lum balandlikka
ko`tarib, unga biz energiya:
Birinchi holda — kinetik, ikkinchi holda esa potensial energiya
uzatamiz. Keyinchalik, tebranma harakat davomida jism energiyasi
kinetikdan potensialga va aksincha almashinib boradi. Ishqalanish
bo`lmaganda mayatnikning to`la mexanik energiyasi istalgan vaqt
momentida unga berilgan boshlangich energiyaga tengligicha solishi
kerak.
𝐸 =
𝑘𝐴
2
2
(5)
(5) - formula
dan ko`rganimizdek, tebranayotgan jismning to`la energiyasi
tebranish amplitudasining kvadrat bilan aniqlanadi. Demak, ishqalanish
bo`lmaganda mayatnikning to`la mexanik energiyasi saqlanadi,
tebranish amplitudasi ham o`zgarmaydi. Demak, erkin tebranishlar
abadiy davom etishi kerak. Haqiqatdan ham, ba‘zan ajablanarli
darajada uzoq davom etadigan tebranishlarni kuzatish mumkin.
Masalan, uncha katta bo'lmagan burchakka og`dirilgan uzun
mayatnik ko`plab soat tebranishi mumkin. Erkin tebranishlar baribir
abadiy emas. Erkin tebranishlar
qanchalik uzoq davom etmasin,
tajriba shuni ko`rsatadiki, ularning amplitudasi asta-sekin kamayib
boradi , odatda tebranish so`nadi va nihoyat to`xtab qoladi. Sababi
shundaki, yerdagi real sharoitlarda boshqa ko`rinishdagi harakatlar
singari, tebranma harakatda ham , ishqalanish kuchi ta‘siridan
ozod bo`lishi mumkin emas. Ishqalanish esa hamma narsani
mutlaqo o`zgartirib yuboradi. Ishqalanish kuchi harakat yo`nalishiga
teskari yo`naladi, shuning uchun ham manfiy ish bajaradi.
Ish manfiy bo`lganligi tufayli to`la mexanik energiya kamayadi.
Energiyaning kamayishi amplitudaning kam ayishini bildiradi. Vaqt
o`tishi bilan amplitudasi kamayib boradigan tebranishlar so`nuvchi
Dostları ilə paylaş: