dissertatsiyaning natija va xulosalari, bundan tashqari tadqiqotning ilmiy va
amaliy tavsiyalari, mavjud statistik ma’lumotlari oliy o`quv yurtlari hamda
akademik litsey va o`rta maktabning o’quv jarayonini amalga oshirishda
I.Bob. MEXANIK TEBRANISHLAR
1.1. ERKIN VA MAJBURIY TEBRANISHLAR
Тurli xil mexanik harakatlar orasida takrorlanib turadigan harakatlar
ham uchraydi. Masalan, moddiy nuqtaning aylana bo‘ylab tekis harakati
takrorlanuvchi harakatdir: tekis aylanayotgan moddiy nuqta har bir yangi
aylanishida bir xil vaziyatlardan o‘tadi, shu bilan birga, avvalgi tartibda
va o‘shanday tezlik bilan o‘tadi. Ana shunday takrorlanuvchanlik
harakatga soat mayatnigining tebranishi, ko‘priklarning, musiqa
asboblarida torlarning titrashi, yurak urishi va nafas olish,
paroxodlarning suv to‘lqinlarida tebranishi, o‘zgaruvchan tok va uning
elektromagnit maydoni, atomda elektronlarning harakati, qattiq jism kristall
panjarasi tugunlaridagi ionlarning harakati va h. z. misol bo’ladi.
Тeng vaqtlar ichida takrorlanib turadigan harakatlar davriy harakat
deyiladi.
Harakati o‘rganilayotgan sistemada jismlar orasidagi o‘zaro ta’sir
kuchlarini ichki kuchlar deyiladi. Sistemadagi jismlarga shu sistemadan
tashqaridagi jismlarning ta’sir kuchi tashqi kuchlar deb ataladi.
Тebranma harakat qila oladigan sistema shunday bir vaziyatga egaki,
u o‘z holicha bu vaziyatda qoldirilganda istalgancha uzoq vaqt davomida
bo‘la oladi. Bu muvozanat vaziyatdir.
Sistema to‘g‘ri chiziq yoki yoy bo‘ylab harakatlanib, o‘zining
muvozanat vaziyatidan goh bir tomonga, goh qarama-qarshi tomonga
chiqishidan iborat davriy harakat tebranma harakat yoki tebranishlar
deyiladi.
Vaqt o’tishi bilan takrorlanuvchi harakat yoki fizik jarayonlar
Dostları ilə paylaş: