marta turtki berilgandan yoki muvozanat vaziyatidan chiqarilgandan so‘ng
ichki kuchlar ta’sirida yuzaga keladigan tebranishlar erkin tebranishlar
deyiladi. Bunga misol qilib ipga osib qo‘yilgan sharcha (mayatnik)ning
tebranishini olish mumkin. Тebranishlar vujudga kelishi uchun sharchani turtib
yuborish yoki uni muvozanat holatidan chetga chiqarib qo‘yib yuborish kifoya.
Davriy ravishda o‘zgaruvchan tashqi kuchlarning ta’siri ostida bo‘ladigan
tebranishlar majburiy tebranishlar deb ataladi. Bunga ichki yonuv dvigateli
silindridagi porshenning tebranishlari, tikuv mashinasi ignasining va mokisining
tebranishlari, ustidan odamlar tartibli qadam tashlab o‘tayotgan ko‘prikning
tebranishlari misol bo‘la oladi. Тebranishlar fizik tabiati va murakkablik darajasi
jihatidan mexanik, elektromagnit, elektromexanik va hokazo tebranishlarga
bo‘linadi. Bu tebranishlarning hammasi umumiy qonuniyatlar asosida ro‘y
beradi. Eng sodda tebranish bu garmonik tebranishdir. Garmonik tebranish
shunday hodisaki, unda tebranuvchi kattalik (masalan, mayatnikning og‘ishi)
vaqtga bog‘liq ravishda sinus yoki kosinus qonuni bo‘yicha o‘zgaradi. Bu
turdagi tebranish quyidagi ikki sababga ko‘ra juda muhimdir: birinchidan,
tabiatda va texnikada uchraydigan tebranishlar o‘z xarakteri bilan garmonik
tebranishlarga yaqin; ikkinchidan, boshqacha ko‘rinishdagi (vaqtga qarab
o‘zgaradigan) davriy tebranishlarni ustma-ust tushgan bir necha garmonik
tebranishlar sifatida tasavvur qilish mumkin. Biz mexanik garmonik
tebranishlar ustida to‘xtalib o‘tamiz.
Dostları ilə paylaş: