"Muallim zoti ezgulik va ma'rifat
yo’lining bеminnat charog’bonidir"
A. Navoiy
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Xalq ta’limi xodimlarining asosiy vazifasi
mustaqil Respublikamiz uchun komil insonlarni tarbiyalash,bilimdon,
vatanparvar,milliy iftixor tuyg’ulari yuqori bo’lgan yangi avlodni kamol
topdiishdir. Komil insonni shakllantirishda qaratilgan o’quv-tarbiya
jarayonining
asosiy vazifasi ta’lim samaradorligini oshirishdir.Ta’lim
samaradorligi, ta’lim mazmunining maqsadi va vazifalariga mosligi, uning ilmiy
jihatdan asoslanganligi, izchilligi, turmush bilan bog’liqligi, shu bilan birga
o’quvchilarga mos metodlar, modellar va vositalarning tanlanishi bilan
aniqlanadi.
Hozirgi vaqtda umumta’lim va oliy ta’lim tizimida ijtimoiy va ilmiy
texnikaviy taraqqiyotga asoslangan holda o’rganiladigan fanlarning birinchi
navbatda uslubiy masalalari katta o’rin egallaydi. Shuning uchun hozirgi davrda
ta’lim mazmuniga zamonaviy fizika g’oyalarini kiritish, fundamental fizik
nazariyalar darajasida xulosa qilish malakalarini shakllantirish muhim ahamiyat
kasb etmoqda. Albatta, bu yerda fizika o’qitish metodikasining o’ziga xos
xususiyatlarini inobatga olish lozim.
Bugungi kunda fan va texnikaning intensiv rivojlanishi deyarli barcha
sohalarda katta o`zgarishlar ro`y berdiki, bu sohalar muvaffaqiyatli mehnat
qilish har bir kishidan yuksak madaniyatli, chuqur va mustahkam bilimli
bo`lishni hamda bu bilimni muntazam ravishda boyitib borish talab qiladi.
Mexanik va elektromagnit tebranishlarning qiyosiy xarakteristikalarini
o`qitishda va o`quvchilarning mavzuni tushinib olishlari uchun qiyoslash
usulidan foydalanish mumkin. Bilishning bu metodi keng tarqalgan bo`lib
“Barcha narsalar qiyoslanganda bilinadi” tamoiliga asoslanadi. Qiyoslash
natijasida bir necha obektlar uchun umumiyligi va alohidaligi aniqlanadi.
Alohida qilingan materiallarni ishlab chiqish mazkur tadqiqod ishining
dolzarbligini asoslab beradi.