Mexanika (MD) fani bo’yicha asosiy tushinchalar va ta’riflar


Uzatmalar, mexanik uzatmalar haqida umumiy ma’lumotlar



Yüklə 401,8 Kb.
səhifə12/43
tarix02.06.2023
ölçüsü401,8 Kb.
#122716
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   43
Mexanika (MD) fani bo’yicha asosiy tushinchalar va ta’riflar

Uzatmalar, mexanik uzatmalar haqida umumiy ma’lumotlar
Mexanik uzatma – dvigatel harakat parametrlarini mashina ijro etuvchi a’zolariga o‘zgartirib uzatadigan mexanizm (9.1-rasm). Dvigatel va ijro etuvchi mexanizm orasiga oraliq zveno sifatida uzatmaning kiritilishi turli vazifalarni hal etish bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, avtomobil va boshqa transport vositalarida tezlik qiymati va harakat yo‘nalishini o‘zgartirish, yuqoriga ko‘tarilishda va joyidan qo‘zg‘alishda yetakchi g‘ildiraklardagi aylantiruvchi momentni bir necha bor oshirish kerak bo‘ladi.
Avtomobil dvigatelining parametrlari bilan buni amalga oshirish mumkin emas, chunki dvigatel burovchi moment va burchak tezligi o‘zgarishining tor oralig‘ida barqaror ishlaydi. Bu oraliqdan chetga chiqilganda dvigatel to‘xtaydi (o‘chib qoladi). Elektrodvigatelni ham avtomobil dvigateliga o‘xshab boshqariladi.
Ba’zi hollarda uzatmalar aylanma harakatni ilgarilanma, vintsimon va boshqa turlarga o‘zgartirib beradi.
9.1-rasm. a - dvigatel, mexanik uzatma; b - mashinaning ijro
etuvchi a’zosining joylashishi.
Mashinasozlikda mexanik, elektrik, gidravlik va pnevmatik uzatmalar ishlatiladi. Bulardan eng ko‘p tarqalgani mexanik uzatmalar. Ular boshqa uzatmalar bilan aralash holda ham qo‘llaniladi. «Mashina detallari» fanida faqat mexanik uzatmalar o‘rganiladi, ular ikki asosiy turga bo‘linadi: harakatni ishqalanish
.
Uzatmaning asosiy xarakteristikalari: kirish va chiqishdagi quvvat P1 va P2, kVt; tezyurarlik, kirish va chiqishdagi aylanishlar takroriyligi n1, n2 .., min-1 yoki burchak tezliklari ω1 va ω2 bilan belgilanadi. Bu xarakteristkalar xohlagan uzatmani loyihalovchi hisobini bajarish uchun zarur bo‘ladi.
Asosiylardan tashqari hosil bo‘lgan xarakteristkalar ham ishlatiladi, ular foydali ish koeffitsiyenti va uzatish nisbati.
Foydali ish koeffitsiyenti (f.i.k.),
yoki ,
bu yerda, Pr - uzatmada yo‘qotilgan quvvat.
Uzatish nisbati quvvat oqimi bo‘ylab aniqlanadi.
.
Hosil bo‘lgan xarakteristikalar ko‘pincha asosiylari o‘rniga ishlatiladi. Masalan, uzatmani P1, n, i, η yordamida hisoblash mumkin.
Agar i >1, n1> n2 bo‘lsa, uzatma pasaytiruvchi yoki reduktor deyiladi. Agar i<1, n12 bo‘lsa, ko‘taruvchi yoki multiplikator deyiladi.
Bulardan eng ko‘p tarqalgani pasaytiruvchi uzatmalar bo‘ladi, chunki ijro etuvchi mexanizmning aylanishlar takroriyligi ko‘p hollarda dvigatel aylanishlar takroriyligidan kam bo‘ladi.
Uzatmalarning uzatish nisbati o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchan (boshqariladigan) bo‘ladi. Ularning ikkisi ham ko‘p tarqalgan. Uzatish nisbatini boshqarish pog‘onali yoki pog‘onasiz bo‘ladi. Pog‘onali boshqarish tishli g‘ildirakli tezliklar qutisida, pog‘onali shkivli tasmali uzatmalarda va sh.k.lar amalga oshiriladi. Pog‘onasiz boshqarish friksion va zanjirli variatorlarda amalga shiriladi. Tishli g‘ildirakli pog‘onali boshqariladigan mexanik uzatmalar yuqori ishlash qobiliyatiga ega bo‘ladi va shuning uchun transport mashinasozligida, stanoksozlikda ko‘p tarqalgan. Pog‘onasiz boshqariladigan mexanik uzatmalarning yuklanish qobiliyati past bo‘ladi, shuning uchun ular kam tarqalgan. Ularni asosan kichik quvvatlarda (10–15 kVt gacha) qo‘llaniladi.


Yüklə 401,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin