46Friktsion uzatmalarning kinematikasi va hisoblash tartibi Ishqalanish kuchlari orqali harakatni yetaklovchi valga uzatish uchun qo‘llaniladigan mexanizmlar friksion uzatmalar deyiladi va eng oddiy mana shunday uzatmalar bir-biriga ma’lum kuch vositasida siqilgan ikkita g‘ildirak va tayanchlardan iborat bo‘ladi
16.2-rasm. Friksion tishli uzatma (variator)
G‘ildirak 2 val bo‘ylab ko‘chganda yoki surilganda yetaklanuvchi g‘ildirak 1 dagi dumalash radiusi gacha (aksincha ham bo‘jishi mumkin) o‘zgarib, uzatishlar nisbatining mos holdagi o‘zgarishiga, ya`ni pog‘onasiz boshqarilishiga olib keladi.
S - ilashish zahirasi koeffitsienti bo‘lib, kuch uzatmalahrida S=1,2….2,0; ba’zi hollarda esa S=3 deb olinadi. Nobarqaror va o‘ta yuklanganlik holatlarida depsinish bo‘lmasligini kafolatlash uchun bu zahira koeffitsienti kiritiladi.
Friksion uzatmalarning afzalliklariga quyidagilar kiradi:
Yetaklovchi valning aylana tezliklarini pog‘nasiz o‘zgartirish imkoniyati;
Dumalash jismlari, vallar va podshipniklarga tushadigan yuklanishning kattaligi;
Ishchi dumalash jismlarini siqish uchun maxsus siquvchi moslamalarning qo‘llanilishi ;
Dumalash jismlarining sirpanishi bois uzatishlar sonining doimiy emasligi ;
O‘ta yuklanishlarda ishchi yuzalarning shikastlanishi hafvi.
Friksion uzatmalar mashinasozlikda nisbatan kam ishlatiladi. Bunga sabab, ular o‘lchamlarining kattaligi, ishonchsizligi va foydali ish koeffitsientining kichikligidir. Asbobsozlikda esa (spidometrlar, taxometrlar,magnitofonlar va boshqalar) shovqinsiz va ravon ishlaganligi uchun nisbatan ko‘proq qo‘llaniladi.