Nazorat savollari
1. Erlarni sug‘orishni avtomatlashtirishning umumiy masalalalari to‘g‘risida
nimalarni bilasiz?
2. Erlarni sug‘orish usullari va texnikasi va ularga qo‘yiladigan talablar
haqida so‘zlab bering.
3. Sug‘orish tizimlarini avtomatlashtirish vazifalari qanday?
4. Er yuzasidan sug‘orishning qanday usullari mavjud va ularga qanday
talablar qo‘yiladi?
5. Suvni sug‘orish tarmoqlariga tarqatib berishning qanday vositalarini
bilasiz?
6. Sug‘orish texnikasi elementlarini aytib bering.
7. Sug‘orish shoxobchalari
8. Muvaqqat ariqlar qanday vazifani bajaradi?
9. Muvaqqat ariqlarning qanday sxemalarini bilasiz ?
10. Ariqdagi suvning chuqurligi qanday aniqlanadi?
86
4. Gidrotexnika inshootlari, suv omborlari, nasos stansiyalarining
avtomatik rostlash tizimlarida qo’llanuvchi zamonaviy avtomatlashtirish
vositalari
4.1.Avtomatlashtirish tizimi elementlari haqida umumiy tushunchalar
Tizim
- o‘zaro munosabat va aloqada bo`lgan yahlitlik, birlik hosil qiluvchi
juda ko`p bir biri bilan o‘zaro bog
‘
lik elementlar to‘plami. (sistema-grekcha birikma,
qismlardan iborat, to‘plam, elementlari o‘zaro bog`lik); jarayon sodir bo‘ladigan
muhitdir (apparat, mashina, jamiyat). Tizim bir nechta tartib bilan yig`ilgan
elementlardan tashkil topib, biron maqsadga javob beradi.
Tizimli tahlil
murakkab hodisa bo‘lib, murakkab ob’yekt va jarayonlarni tizim
deb qarab tadqiq etishning usullari to‘plamidir. Tizimli tahlil o‘z ichiga
quyidagilarni oladi: masalaning qo`yilishi (tadqiq ob`yektini tanlash, o‘rganish
maqsadi va mezonlarini aniqlash); tadqiq tizimini ajratish va strukturalash (yoki
dekompozitsiyalash) yoki nisbatan aniq yoza oladigan tizimchalarga ajratish;
tizimning matematik modelini yaratish. "
Texnologiya
" (grekcha "texnos" - "san`at"
yoki "hunar" va "logos" - "fan" so`zlaridan iborat).
Jarayon
deb, -1)vaqt bo‘yicha
son yoki sifat jihatidan o‘zgaruvchi har qanday fizik hodisaga aytiladi, -
2)belgilangan tizimda bo‘ladigan va tizim holatini o‘zgartirib turadigan (ko`rib,
ushlab bo‘lmaydigan) hodisalar mujassamligidir. Hodisalar va sabablar
mujassamligida jarayon aniqlanadi.
Texnologik jarayonlar
- bu xom -ashyoni va qayta ishlashga yo‘naltirilgan
mehanikaviy, fizik-kimyoviy va boshqa jarayonlarni yig‘indisidir.
Rostlash
- boshqarishning xususiy holi yoki bir qismi hisoblanadi.
Boshqarish
- boshqarilayotgan jarayonlarga (ob`ektga) belgilangan
o‘zgarishni kirita oladigan (optimal holatga o‘tkaza oladigan) har qanday maqsadli
yo‘naltirilgan harakatdir yoki ta’sir jarayonidir;
- tizimni uni parametrlariga ta`sir etish yo‘li bilan ya’ni, oldindan belgilangan
holatga o‘tkazish jarayonidir;
- kelayotgan axborotni qayta ishlash yo‘li bilan olingan yechimga asoslangan
buyruq axborotini hosil qilish;
- bir tizimni ikkinchi tizimga, uning holatini aniq yo‘nalishda o‘zgartirishga
intiluvchi, bir maqsadni ko‘zda tutgan axborot ta’siri;
- ma`lum tizimda ketayotgan jarayonni kerakli holatda ushlab turish yoki
kerakli har xil holatlarga o‘tkazish.
Boshqarish tizimi
- boshqarish usullari (nazariyasi) ni amalga oshirish uchun
texnikaviy vositalarni o‘z ichiga oladi. Murakkab boshqarish tizimlarini qurish va
unda kechadigan jarayonlarni boshqarishning umumiy qonuniyatlari o‘rganiladi.
|