Mexanizatsiyalash muhandislari instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/81
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#173538
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   81
Uc6hstRPzyOQm9SEH7ZrJWAUtCqnrHfz58L5TfXe

Bashoratlash modeli
- bashoratlanadigan ob’yektning modeli, bu tadqiqot 
ob’yektining kelgusida mumkin bo‘lgan holati haqidagi ma’lumotni olishga imkon 
beradi va ularni amalga oshirish yo‘llari hamda muddatlarini aniqlaydi.

Avtomatlashtirilgan 
bashoratlash 
tizimi 

ishlab 
chiqariladigan 
bashoratlarning samaradorligini oshirish uchun ishlatiladigan avtomatlashtirilgan 
tizim elementlari va tamoyilligi mavjud bo‘lgan bashoratlash tizimi.
"
Avtomat
"- grekcha “
o‘z- o‘zidan harakatlanuvchi
” - so‘zidan olingan bo‘lib, 
ayrim jarayonlarni odam ishtirokisiz o‘zi bajaruvchi qurilma (apparat, mashina, 
moslama, asbob va boshqalar); o‘z- o‘zidan ishlaydigan qurilma ma’nolarini 
bildiradi( avto - yunoncha aytoc – o‘zim). 
Avtomatlashtirish
- texnologik jarayonlarni odamlarning bevosita ishtirokisiz 
boshqarishida nazorat- o‘lchov asboblari, rostlagichlar va boshqa texnikaviy 
qurilmalarni qo‘llash demakdir. 
Avtomatlashtirilgan boshqarish tizimida
inson ishtirok etadi, bu tizim o‘z 
ichiga quyidagilarni oladi: boshqarish usullari (algoritmlari), boshqarishning 
kompleks asbob-uskunalari (ABT ning texnikaviy ta’minoti) va jarayonda bevosita 
qatnashuvchi insonlar (operatorlar, dispetcherlar, mashinistlar va boshqalar).
Avtomatik boshqaruv tizimida
esa inson ishtirok etmaydi va bu tizimning 
barcha real elementlari quyidagilar hisoblanadi: almashtirgichlar (datchiklar), 
kuchaytirgichlar, ajratkichlar, tenglashtiruvchi chizmalar (qurilmalar) va ijrochi 
mexanizmlar.
Avtomatika
- tarmoqlar bo‘yicha ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatik 
(odam ishtirokisiz) ravishda nazorat qilish, rostlash, boshqarish usullari va 
texnikaviy vositalarni ishlab chiquvchi hamda o‘rgatuvchi fandir.
- texnikaviy fan bo‘lib, unda avtomatik tizimlarni tuzishning nazariyasi va 
tamoyillari, ularning amalga oshirilishi uchun zarur bo‘lgan texnikaviy vositalari, 
tahlil va sintez qilish usullari ishlab chiqiladi va o‘rganiladi; 


89 
-avtomatik boshqarishning umumiy qonuniyatlarini o‘rganadigan kibernetika 
fanining texnikaga oid tarmog‘i bo‘lib, avtomatik tizimlar nazariyasini, ularni 
hisoblash va qurish asoslarini hamda sanoatda qo‘llash masalalarini o‘rganadigan 
tatbiqiy fandir.
Texnika tarixida birinchi avtomatik 
q
urilma Misr xalifaligiga mansub bo‘lgan 
Nil daryosidagi suv sathini o‘lchaydigan inshootni ishlab chiqqan Axmad-al-
Farg`oniy tomonidan (847-861 y.y) yaratilgan bo`lib, ma’lumotlarga ko‘ra sa
q
lanib 
kelgan. 
Avtomatikaning fan sifatida rivojlanishiga 1763-65 (18 - asrning ikkinchi 
yarmi) yillarda rus mexanigi I.I.Polzunov dunyoda birinchi bo‘lib bug‘ qozonida suv 
sathini rostlashning berk avtomatik tizimini (avtoregulyatorni) yaratish bilan asos 
solgan va sanoatda (dvigatellarda, bug` turbinalarida va b.) avtomatlar qo‘llanilishi 
boshlangan. 1784 yilda Djeyms Uatt tomonidan markazdan ko‘chma rostlagich, 
XIX asrning 2 - yarmida rus olimi L.I.Konstantinov tomonidan elektromagnit 
rostlagich yaratilgan. Rostlagichlarning ishlashi manfiy teskari aloqa prinsipiga 
asoslangan. 1868 - yildan boshlab avtomatik rostlash boshqarish nazariyasiga 
Maksvell, Vishnegradskiy, I.A Lyapunov, A.M.Jukovskiy, N.E.Chebishevlar 
(1876), 
1932 
yildan 
Naykvist, 
Besekerskiy, 
Mixaylov, 
Solodovnikov, 
Voznesenskiy, Sipkin, Neymark, Popov va boshqa olimlar hissa qo‘shdilar. 
O‘zbekistonda avtomatika va kibernetika fanining rivojlanishiga V.Qobulov, 
T.Bekmuratov, M.Komilov, F.Abugaliev, M.Ziyaxo‘jayev, N.Yusufbekov, 
B.Muxamedov, Sh.G`ulomov, A.Ortiqov, T.Zokirov, I.Yunusov, P.R.Ismatullaev 
va boshqalar katta hissa qo‘shdilar.
Avtomatlashtirilgan texnologik majmua - o‘z ichiga texnologik boshqarish 
ob’yekti, avtomatlashtirishning lokal tizimi, TJABT va IChABTni oladi. Bunday 
tizimlarga Sho‘rtangazkimyo majmuini misol keltirish mumkin. /1 / 
Uzluksiz va davriy jarayonlar
- ishlab chiqarishning davriy jarayonlarini 
uzluksiz jarayonlar bilan almashtirish ham texnika rivojlantirishning muhim 
yo‘lidir. Davriy jarayon deb shunday jarayonga aytiladiki, masalan bunday xom 
ashyoning bir qismi apparatga solinadi va unga bir necha bosqichda ishlov beriladi. 
Keyin hosil bo‘lgan moddalarning hammasi apparatdan chiqarib olinadi. Mahsulot 
chiqarib olingandan to xom ashyoning yangi qismi apparatga solinguncha u 
ishlamay turadi. Bunday jarayonni avtomatlashtirish qiyin, chunki apparatning ish 
tartibi o‘zgaradi. Bunda ko‘p energiya sarflanadi. Shuning uchun ko‘pchilik davriy 
jarayonlarni uzluksiz jarayonlar bilan almashtirishga harakat qilinadi. Apparatga 
xom ashyoni solish va hosil bo‘lgan mahsulotni undan olish uzoq vaqtgacha uzluksiz
yoki tizimli bo‘ladigan jarayonga uzluksiz jarayon deyiladi. Bunda asbob-uskunalar 
bekor turib qolmaydi, apparatlarning ish unumi oshadi. Bunday jarayonlarni 


90 
avtomatlashtirish oson. Hozir sanoat miqyosidagi jarayonlarning ko‘p qismi 
uzluksiz olib boriladi. 
Ishlab 
chiqarishning 
jarayonlarini 
kompleks 
avtomatlashtirish, 
avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini joriy qilish, davriy ishlab chiqarish 
jarayonlarini uzluksiz jarayonlarga aylantirish sanoatning boshqa korxona va ishlab 
chiqarish birlashmalarini yaratishga asos bo‘ladi. 
Shunday qilib, avtomatlashtirish ishlab chiqarishni jadallashtirishga olib 
keladi va katta iqtisodiy samara beradi. Ko‘rinib turibdiki, avtomatlashtirishning 
ilmiy-texnikaviy aspektlari sanoat, jumladan agrosanoatning o‘sishini ta’minlashda, 
mehnatkashlarning turmush sharoitini yanada yaxshilashda muhim ahamiyat kasb 
etadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin