92
Har bir elementning umumiy va asosiy tavsifnomasi uning o‘zgartirish
koeffitsiyenti, ya’ni element chiqish kattaligining kirish kattaligiga bo‘lgan nisbatiga
teng. Avtomatik tizimlarning elementlari miqdor va sifat o‘zgartirishlarni bajaradi.
Miqdor o‘zgartirishlar kuchaytirish, stabillash va boshqa koeffitsiyentlarni nazarda
tutadi. Sifat o‘zgartirishada bir fizikaviy kattalik ikkinchisiga o‘tadi. Bu holda
o‘zgartirish koeffitsiyenti
element sezgirligi
deyiladi.
Avtomatika elementining yana bir muhim tavsifnomasi - element
(kirish kattaligi o‘zgarishiga bog`liq bo‘lmagan) chiqish kattaligining o‘zgarishidan
hosil bo‘lgan o‘zgartirish xatosidir. Bu xatoga sabab atrof-muhit haroratining,
ta’minlash kuchlanishining o‘zgarishi va kabilar bo‘lishi mumkin. Element
xarakteristikalarining o‘zgarishi natijasida paydo bo‘ladigan xato
nostabillik
deb
ataladi.
Ba’zi elementlarning chiqish va kirish kattaliklari o‘rtasida ko‘p qiymatli
bog‘lanish mavjud. Bunga quruq ishqalanish, gisterezis va boshqalar sabab bo‘lishi
mumkin. Bunda kattalikning har bir kirish qiymatiga uning bir necha chiqish
qiymatlari mos keladi. Sezgirlik chegarasining mavjudligi shu hodisa bilan bog‘liq.
Kirish kattaligining element chiqishidagi signalini sezilarli darajada
o‘zgartirish qobiliyatiga ega bo‘lgan qiymati
Dostları ilə paylaş: