5
Kirish
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining - O’zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar starategiyasi to‘g‘risidagi 2017 yil
7 fevralda imzolangan Farmoniga muvofiq uni ha
yo
tga joriy etish bo‘yicha
qonuniy tamoyil va mexanizmlar tasdiqlangan. Xususan bu yerda oliy ta’lim tizimi
sifatini oshirish maqsadida quyidagilar keltirilgan:
Respublikada ta’lim va fan sohasida olib borilayotgan islohotlar avvalam bor
biror strategik maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Bu borada ushbu sohada
bugungi kunda dunyoning rivojlangan va yetakchi rivojlanayotgan mamlakatlarida
joriy etilayotgan “Bilimlar uchburchagi” modelini (knowledge triangle) tashkil
etishga qaratilishi zarur:
Bu o‘z navbatida quyidagilarga ta’sir qiladi:
ta’lim sifatini oshishiga
innovatsion ishlab chiqarish jarayonining jadallashuviga
mehnat bozorining muvozanatlashuviga va h.k.
Ushbu Farmon asosida suv xo‘jaligi sohani rivojlantirishda ilm-fan va ishlab
chiqarish jarayonlari integratsiyalashuvi bo‘yicha isloxatlarni izchil amalga oshirish
asosiy masalalardan hisoblanadi. Ayniqsa,
ushbu sohaga yetuk, barkamol va
raqobatbardosh yosh mutaxassislarni yetkazib berish bugungi kunning
dolzarb muammolaridan hisoblanadi.
6
2017-2021 yillarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini
kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturi to‘g‘risida 21.04.2017
da O’zR Prezidentining qarori e’lon qilindi. Bu yerda O’zbekistonda mustaqillik
yillarida aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash borasida amalga
oshirilgan ishlar haqida , ichimlik suvi ta’minoti tizimini rivojlantirish bo‘yicha
g‘oyat muhim dasturlar va loyihalarni izchillik bilan ro‘yobga chiqarish shahar
va tumanlarda,
shu jumladan, qishloq joylarda suv ta’minoti holatini sezilarli
darajada yaxshilash imkoniyati haqida ma’lumot berilgan: keyingi olti yilning
o‘zidagina 13 ming kilometrga yaqin suv quvurlari va vodoprovod tarmoqlari,
1,6 mingtadan ko‘proq suv chiqarish quduqlari, shuningdek, 1,4
mingta suv
bosimini hosil qiladigan minora va rezervuarlar barpo etildi hamda rekonstruksiya
qilindi. Natijada,
jumladan, xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari va kreditlarini
jalb etish hisobiga ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan ko‘pgina aholi punktlari sifati
va xavfsizligi bo‘yicha zamonaviy talablarga mos keladigan suv bilan ta’minlandi.
Shu bilan birga, ayrim mintaqalarni, eng avvalo, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, Buxoro, Jizzax , Qashqadaryo, Surxondaryo,
Sirdaryo va Xorazm
viloyatlarini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashning bir qancha yechilmagan
muammolari hamon saqlanib qolmoqda.
Aholi sonining muttasil ortib borishi, yangi turar joy massivlari barpo etilishi,
shaharlar va aholi punktlarining tobora kengayishi energiya va resurlarni tejaydigan
zamonaviy texnologiyalarni faol joriy etish asosida suv olish inshootlarini, suv
quvurlari, nasos stansiyalari, taqsimlash uzellari va vodoprovod tarmoqlarini
modernizatsiyalash va ildam rivojlantirishga yo‘naltirilgan kafolatlangan suv
ta’minoti tizimini tubdan yaxshilash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishini taqozo
etmoqda.
Aholining keng qatlamlari yashashi uchun, ayniqsa, qishloq joylarda, shinam va
qulay ijtimoiy-maishiy shart- sharoitlar yaratish, iste’molchilar uchun hamma joyda
sifatli ichimlik suvi
yetkazib berilishiga erishish, respublikada suv ta’minoti va
kanalizatsiya xizmatlari ko‘rsatish samaradorligini oshirish maqsadida:
7
1. Quyidagilar 2017-2021 yillarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya
tizimini yanada rivojlantirish hamda modernizatsiyalashning asosiy ustuvor
yo‘nalishlari etib belgilansin: aholining, ayniqsa, qishloq joylardagi aholining toza
ichimlik suvi bilan ta’minlanishini yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni
amalga oshirish; suv olish, kanalizatsiya inshootlari hamda vodoprovod
tarmoqlarining
yangilarini qurish, mavjudlarini qayta tiklash va rekonstruksiya
qilish, shuningdek, suv ta’minoti tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini
mustahkamlash, ularni zamonaviy uskunalar, mashinalar, mexanizmlar, ta’mirlash-
foydalanish va o‘lchov texnikasi bilan jihozlash; suv ta’minoti sohasida zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shu jumladan, iste’mol qilingan suv va
ko‘rsatilgan xizmatlar hajmini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini
joriy etish; ichimlik suvi ishlab chiqarishning texnologik va ishlab chiqarish
jarayonlari samaradorligini oshirish, belgilangan talablarga muvofiq suvning sifatli
bo‘lishini ta’minlash, ishlab chiqarish jarayoniga energiya hamda suvni tejaydigan
texnologiyalar va uskunalarni tatbiq etish; suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini,
shu jumladan, davlat bilan xususiy sektor sherikligi asosida boshqaruvning bozor
tamoyillariga mos keladigan mexanizmlarini joriy etish; suv ta’minoti
tashkilotlarining moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlash uchun zarur shart-
sharoitlar yaratish.
2017-2021
yillarda
Toshkent
irrigatsiya
va
qishloq
xo‘jaligini
mexanizatsiyalash muhandislari institutining «Texnologik jarayonlar va ishlab
chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish» kafedrasida talabalarga bilim berish va
mutaxassislar malakasini oshirish, ilmiy tadqiqot ishlari sifatini tubdan yaxshilash
hamda soha bo‘yicha ishlab-chiqarish bilan o‘rnatilgan
aloqa tizimini yanada
mustahkamlash, o‘quv va malakaviy amaliyotlarini tashkil qilish hamda kafedraning
o‘quv-laboratoriya bazasini sifat jixatdan modernizatsiyalash bo‘yicha chora-
tadbirlar dasturi xamda chiqildi. Ushbu dastur doirasida
Dostları ilə paylaş: