103
oilada, bolalar bog`chasida va mulk shaklidan qat'i nazar boshqa ta'lim
muassasalarida olib boriladi.
12-modda. Umumiy o`rta ta'lim
Umumiy o`rta ta'lim bosqichlari quyidagicha:
boshlang`ich ta'lim (I-IV sinflar);
umumiy o`rta ta'lim (I-IX sinflar).
Boshlang`ich ta'lim umumiy o`rta ta'lim olish uchun zarur bo`lgan savodxonlik,
bilim va ko`nikmaasoslarini shakllantirishga qaratilgandir. Maktabning birinchi
sinfiga bolalar olti-etti yoshidan qabul qilinadi.
Umumiy o`rta ta'lim bilimlarning
zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash,
tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko`nikmalarini
rivojlantiradi, dastlabki
tarzda kasbga yo`naltirishga va ta'limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam
beradi.
Bolalarning
qobiliyati, iste'dodini rivojlantirish uchun ixtisoslashtirilgan
maktablar tashkil etilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: