106
Etim bolalarni va ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining vasiyligisiz
qolgan bolalarni o`qitish va ularni boqish davlatning to`la ta'minoti asosida qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
23-modda. Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo`lgan bolalar va
o`smirlarni o`qitish
Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo`lgan,
shuningdek uzoq vaqt
davolanishga muhtoj bo`lgan bolalar va o`smirlarni o`qitish,
ularni tarbiyalash
hamda davolash uchun ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari tashkil etiladi. Bolalar
va o`smirlarni ushbu ta'lim muassasalariga yuborish
va ulardan chiqarish ota-
onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligi
bilan psixologik-tibbiy-
pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan amalga oshiriladi.
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarining o`quvchilari qisman yoki to`la davlat
ta'minotida bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: