Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


III. TA`LIM JARAYONI QATNASHCHILARINI IJTIMOIY HIMOYA



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/81
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#173538
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   81
Uc6hstRPzyOQm9SEH7ZrJWAUtCqnrHfz58L5TfXe

III. TA`LIM JARAYONI QATNASHCHILARINI IJTIMOIY HIMOYA 
QILISH 
 
20-modda. Ta'lim oluvchilarni ijtimoiy himoya qilish 
Ta'lim muassasasida ta'lim oluvchilar qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga 
muvofiq imtiyozlar, stipendiya va yotoqxonada joy bilan ta'minlanadi. 
21-modda. Ta'lim muassasalari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish 
Ta'lim muassasalari xodimlariga ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi, 
haqi to`lanadigan yillik uzaytirilgan ta'tillar hamda qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan imtiyozlar beriladi. 
Ta'lim muassasalari ish haqiga mo`ljallangan mavjud mablag`lar doirasida 
mustaqil ravishda stavkalar, mansab okladlariga tabaqalashtirilgan ustama 
belgilashga hamda mehnatga haq to`lash va uni rag`batlantirishning turli shakllarini 
qo`llashga haqli. 
22-modda. Yetim bolalarni va ota-onalarining yoki boshqa qonuniy 
vakillarining vasiyligisiz qolgan bolalarni o`qitish 


106 
Etim bolalarni va ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining vasiyligisiz 
qolgan bolalarni o`qitish va ularni boqish davlatning to`la ta'minoti asosida qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
23-modda. Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo`lgan bolalar va 
o`smirlarni o`qitish 
Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo`lgan, shuningdek uzoq vaqt 
davolanishga muhtoj bo`lgan bolalar va o`smirlarni o`qitish, ularni tarbiyalash 
hamda davolash uchun ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari tashkil etiladi. Bolalar 
va o`smirlarni ushbu ta'lim muassasalariga yuborish va ulardan chiqarish ota-
onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligi bilan psixologik-tibbiy-
pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan amalga oshiriladi. 
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarining o`quvchilari qisman yoki to`la davlat 
ta'minotida bo`ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin