Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


-modda. O`rta maxsus, kasb-hunar ta'limi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/81
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#173538
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   81
Uc6hstRPzyOQm9SEH7ZrJWAUtCqnrHfz58L5TfXe

13-modda. O`rta maxsus, kasb-hunar ta'limi 
O`rta maxsus, kasb-hunar ta'lim olish maqsadida har kim umumiy o`rta ta'lim 
asosida akademik liseyda yoki kasb-hunar kollejida o`qishning yo`nalishini ixtiyoriy 
ravishda tanlash huquqiga ega. 
Akademik liseylar va kasb-hunar kollejlari egallangan kasb-hunar bo`yicha 
ishlash huquqini beradigan hamda bunday ish yoki ta'limni navbatdagi bosqichda 
davom ettirish uchun asos bo`ladigan o`rta maxsus, kasb-hunar ta'limi beradi. 
Akademik lisey o`quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o`stirishni, 
ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo`naltirilgan bilim olishlarini 
ta'minlaydigan uch yillik o`rta maxsus o`quv yurtidir. 
Kasb-hunar kolleji o`quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, mahorat va 
malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlangan kasblar bo`yicha bir yoki bir necha 
ixtisos olishni ta'minlaydigan uch yillik o`rta kasb-hunar o`quv yurtidir. 
14-modda. Oliy ta'lim 
Oliy ta'lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta'minladi. 
Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash oliy o`quv yurtlarida (universitetlar, 
akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta'lim muassasalarida) o`rta 
maxsus kasb-hunar ta'limi asosida amalga oshiriladi. 
Oliy ta'lim ikki bosqichga: davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy 
ma'lumot to`g`risidagi hujjatlar bilan dalillanuvchi bakalavriat va magistraturaga 
ega. 
Bakalavriat oliy ta'lim yo`nalishlaridan biri bo`yicha puxta bilim beradigan, 
o`qish muddati kamida to`rt yil bo`lgan tayanch oliy ta'limdir. 


104 
Magistratura aniq mutaxassislik bo`yicha bakalavriat negizida kamida ikki yil 
davom etadigan oliy ta'limdir. 
Fuqarolar ikkinchi va undan keyingi oliy ma'lumotni shartnoma asosida olishga 
haqlidirlar. 
15-modda. Oliy o`quv yurtidan keyingi ta'lim 
Oliy o`quv yurtidan keyingi ta'lim jamiyatning ilmiy va ilmiy-pedagogik 
kadrlarga bo`lgan ehtiyojlarini ta'minlashga qaratilgandir. Oliy o`quv yurtidan 
keyingi ta'lim oliy o`quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida (aspirantura, 
ad'yunktura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik) olinishi mumkin. 
Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, ilmiy darajalar va unvonlar berish 
tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin