Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


-modda. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/81
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#173538
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   81
Uc6hstRPzyOQm9SEH7ZrJWAUtCqnrHfz58L5TfXe

16-modda. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash 
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimlari va 
ko`nikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilashni ta'minlaydi. 
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi O`zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
17-modda. Maktabdan tashqari ta'lim 
Bolalar va o`smirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirish, ularning bo`sh 
vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, 
shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, 
sport va boshqa yo`nalishlarda maktabdan tashqari ta'lim muassasalarini tashkil 
etishlari mumkin. 
Maktabdan tashqari ta'lim muassasalariga bolalar, o`smirlar ijodiyoti saroylari, 
uylari, klublari va markazlari, bolalar-o`smirlar sport maktablari, san'at maktablari, 
musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar, sog`lomlashtirish muassasalari va 
boshqa muassasalar kiradi. 
Maktabdan tashqari ta'lim muassasalarining faoliyat ko`rsatish tartibi qonun 
hujjatlarida belgilab qo`yiladi. 
18-modda. Oiladagi ta'lim va mustaqil ravishda ta'lim olish 
Davlat oilada ta'lim olishga va mustaqil ravishda ta'lim olishga ko`maklashadi. 
Bolalarni oilada o`qitish va mustaqil ravishda ta'lim olish tegishli ta'lim 
muassasalarining dasturlari bo`yicha amalga oshiriladi. Ta'lim oluvchilarga 
vakolatli davlat muassasalari tomonidan uslubiy, maslahat va boshqa yo`sinda 
yordam ko`rsatiladi. 
19-modda. Ta'lim to`g`risidagi hujjatlar 
Akkreditasiya qilingan ta'lim muassasalarining bitiruvchilariga davlat tomonidan 
tasdiqlangan namunadagi ma'lumot to`grisidagi hujjat (shahodatnoma, diplom, 
sertifikat, guvohnoma) beriladi.


105 
Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma'lumot to`g`risidagi hujjat oilada 
ta'lim olgan yoki mustaqil ravishda bilim olgan va akkreditasiya qilingan ta'lim 
muassasalarining tegishli ta'lim dasturlari bo`yicha ekstern tartibida imtihonlar 
topshirgan shaxslarga ham beriladi, davlat ta'lim muassasalarida o`qitilishi shart 
bo`lgan va ro`yxati O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
belgilab qo`yiladigan mutaxassisliklar bundan mustasno. 
Oliy ma'lumot to`g`risidagi diplomga o`zlashtirilgan fanlar ro`yxati, ularning 
hajmlari va fanlarga qo`yilgan baholar yozilgan varaqa ilova qilinadi. 
Dissertasiya himoya qilgan shaxslarga belgilangan tartibda fan nomzodi yoki fan 
doktori ilmiy darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom 
topshiriladi. 
Davlat ta'lim standartlariga mos kelgan taqdirda o`zbekiston Respublikasi bilan 
xorijiy davlatlarning hukumatlari o`rtasidagi ikki tomonlama bitimlar asosida har 
ikki tomonning ma'lumot to`grisidagi hujjatlari belgilangan tartibda o`zaro tan 
olinishi mumkin. 
Tegishli bosqichdagi ta'limni tugallamagan shaxslarga belgilangan namunadagi 
ma'lumotnoma beriladi. 
Davlat tasdiqlagan namunadagi ma'lumot to`g`risidagi hujjat navbatdagi bosqich 
ta'lim muassasalarida ta'lim olishni davom ettirish yoki tegishli ixtisoslik bo`yicha 
ishlash huquqini beradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin