Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


-modda. Bilim olish huquqi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/81
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#173538
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   81
Uc6hstRPzyOQm9SEH7ZrJWAUtCqnrHfz58L5TfXe

4-modda. Bilim olish huquqi 
Jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e'tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy 
kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joyi, o`zbekiston Respublikasi 
hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat'i nazar, har kimga bilim olishda teng 
huquqlar kafolatlanadi. 
Bilim olish huquqi: 
davlat va nodavlat ta'lim muassasalarini rivojlantirish; 
ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta'lim olishni tashkil etish; 
ta'lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul o`qitish, shuningdek 
ta'lim muassasalarida shartnoma asosida to`lov evaziga kasb-hunar o`rgatish; 
barcha turdagi ta'lim muassasalarining bitiruvchilari keyingi bosqichdagi o`quv 
yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega bo`lishi; 
oilada yoki o`zi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akkreditasiyadan 
o`tgan ta'lim muassasalarida eksternat tartibida attestasiyadan o`tish huquqini berish 
orqali ta'minlanadi. 
Boshqa 
davlatlarning 
fuqarolari 
o`zbekiston 
Respublikasida 
xalqaro 
shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega. 
Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo`lmagan shaxslar bilim olishda 
o`zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega. 
5-modda. Pedagogik faoliyat bilan shug`ullanish huquqi 
Tegishli ma'lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega 
bo`lgan shaxslar Pedagogik faoliyat bilan shug`ullanish huquqiga ega. 
Pedagog xodimlarni oliy o`quv yurtlariga ishga qabul qilish o`zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan Nizomga muvofiq tanlov asosida 
amalga oshiriladi. 
Pedagogik faoliyat bilan shug`ullanish sud hukmiga asosan man etilgan 
shaxslarning ta'lim muassasalarida bu faoliyat bilan shug`ullanishiga yo`l 
qo`yilmaydi. 
6-modda. Ta'lim muassasasining huquqiy maqomi 
Ta'lim muassasasini akkreditasiyalash vakolatli davlat organi tomonidan 
attestasiyaga asosan amalga oshiriladi. 
Ta'lim muassasasi yuridik shaxs bo`lib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
barpo etiladi.
Nodavlat ta'lim muassasasi o`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
belgilagan tartibda davlat akkreditasiyasidan o`tgan paytdan boshlab yuridik shaxs 
huquqlari va ta'lim faoliyati bilan shug`ullanish huquqiga ega bo`ladi. 
Ta'lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan ustav asosida 
faoliyat ko`rsatadi. 


102 
Ta'lim muassasasi attestasiya natijalariga binoan davlat akkreditasiyasidan 
mahrum etilishi mumkin. 
Ta'lim muassasalari o`quv-tarbiya majmuilariga hamda o`quv-ilmiy-ishlab 
chiqarish birlashmalari va uyushmalariga birlashishga haqli. 
Ta'lim muassasalari ustavda belgilangan vazifalariga muvofiq pulli ta'lim 
xizmatlari ko`rsatish, shuningdek tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlari bilan 
shugullanishga haqli. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin