28-modda. Ta'lim muassasasini boshqarish Ta'lim muassasasini uning rahbari boshqaradi.
Ta'lim muassasalarida qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat ko`rsatadigan jamoat
boshqaruvi organlari tashkil etilishi mumkin.
29-modda. Ta'lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari bilan nodavlat ta'lim muassasalari o`rtasidagi o`zaro munosabatlar Ta'lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari nodavlat ta'lim muassasalarida
ta'lim to`g`risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiladi.
Nodavlat ta'lim muassasalari ta'lim to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzgan
taqdirda, akkreditasiya qilgan organlar ularning faoliyatini qonun hujjatlariga
muvofiq to`xtatib qo`yishga haqli.
Nodavlat ta'lim muassasalariga qabul davlat o`quv yurtlari uchun belgilangan
tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
V. YAKUNLOVCHI XULOSALAR 30-modda. Ota-onalar yoki qonuniy vakillarning vazifalari Voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari bolaning
qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi,
maktabgacha, umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb-hunar ta'limi olishlari uchun
javobgardirlar.
31-modda. Ta'limni moliyalash Davlat ta'lim muassasalarini moliyalash respublika va mahalliy byudjetlar
mablaglari, shuningdek byudjetdan tashqari mablaglar hisobidan amalga oshiriladi.
32-modda. Ta'limni rivojlantirish fondlari Ta'limni rivojlantirish fondlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va
jismoniy shaxslarning shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning
ixtiyoriy badallari hisobidan tashkil etilishi mumkin.
33-modda. Xalqaro hamkorlik Ta'lim muassasalari ta'lim muammolari yuzasidan xalqaro hamkorlikda ishtirok
etadilar, chet davlatlarning tegishli o`quv yurtlari bilan bevosita aloqalar o`rnatish,
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ular bilan qo`shma o`quv yurtlari tashkil
etish huquqiga ega.