26-modda. Ta'limni boshqarish bo`yicha maxsus vakolat berilgan davlat organlarining huquq doirasi Ta'limni boshqarish bo`yicha maxsus vakolat berilgan davlat organlarining huquq
doirasiga quyidagilar kiradi:
ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini ro`yobga chiqarish;
ta'lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslub masalalarida ularga
rahbarlik qilish;
davlat ta'lim standartlari, mutaxassislarning bilim saviyasi va kasb tayyorgarligiga
bo`lgan talablar bajarilishini ta'minlash;
o`qitishning ilg`or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta'limning texnik
va axborot vositalarini o`quv jarayoniga joriy etish;
o`quv va o`quv-uslibiyat adabiyotlarini nashr etishni tashkil qilish;
ta'lim oluvchilarning yakuniy davlat attestasiyasi va davlat ta'lim muassasalarida
eksternat to`grisidagi nizomlarni tasdiqlash;
davlat oliy ta'lim muassasasining rektorini tayinlash to`g`risida Vazirlar
Mahkamasiga takliflar kiritish;
pedagog xodimlarni tayyorlashni, ularning malakasini oshirishni va qayta
tayyorlashni tashkil etish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.
27-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta'lim sohasidagi vakolatlari Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
ta'lim muassasalari faoliyatining mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
ehtiyojlariga muvofiqligini ta'minlaydilar;
ta'lim muassasalarini tashkil etadilar, qayta tashkil etadilar va tugatadilar,
(respublika tasarrufida bo`lgan muassasalar bundan mustasno), ularning ustavlarini
ro`yxatga oladilar;
o`z hududlaridagi ta'lim muassasalarini vakolat doirasida moliyalash miqdorlarini
va imtiyozlarni belgilaydilar;
ta'lim sifati va darajasiga, shuningdek pedagog xodimlarning kasb faoliyatiga
bo`lgan davlat talablariga rioya etilishini ta'minlaydilar;
108
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradilar.