Mеxnat insonni ulug’laydi



Yüklə 299,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/21
tarix11.03.2022
ölçüsü299,04 Kb.
#53581
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
orta guruh bolalarini oz-oziga hizmat korsatish malakalarini shakllantirish (2)

Maqsad  qo’yish.  Maqsad  qo‟yish  kattalar  taklif  etgan  maqsadni qabul 

qilishdan  boshlab  to  o‟zi  mustaqil  maqsad  qo‟yadigan bo‟lguncha rivojlanib 

boradi  (o‟simlikka  suv  qo‟yishdan  to  uni  o‟stirguncha).  Bolalarning  o‟z 

oldilariga maqsad qo‟yib ish bajarishlarini rivojlantirish uchun quyidagilarga 

rioya qilish zarur: 



 

25 


bolalar  mehnat  qilishdan  ko‟zlangan  maqsadni  tushunib  yetishlari 

kerak (nima uchun u yoki bu ishni bajarishlari kerak, undan ko‟zlangan natija 

nima?); 


kutilgan  natijani  rasm,  qurilma  va  shunga  o‟xshashlar  tarzida 

ko‟rsatmali tasavvur eta bilish; 

ishning  mo‟ljallangan vaqtda bajarilishi; 



bolalar  kuchi  yetadigan  ishlarni  qilishi  (masalan,  ko‟chat 

o‟tqazish, o‟simlikni sug‟orish, ularni parvarish qilish va shunga o‟xshashlar) 

kerak.  Bola  o‟z  mehnatidan  ma‟lum  bir  natijaga  ega  bo‟lishni  anglab  yetgan 

taqdirdagina  u  mehnat  faoliyatining  maqsadini  mustaqil  belgilaydi  va 

ishtiyoq bilan mehnat  qiladi. 

Mehnat  malakalari  va  ko‟nikmalarini  egallab  olish  –maktabgacha 

tarbiya  yoshidagi  bolalar  mehnat  jarayonining  muhim  tarkibiy  qismi 

hisoblanadi.  Agar  bola  mehnat  harakatlarini  bilmasa,  u  hyech  qachon  mehnat 

natijasiga  erisha  olmaydi.  Bolalar  mehnat  malakalari  va  ko‟nikmalarini 

egallab  olganlaridagina  mehnat  jarayonini  bajonidil  bajaradilar.  Masalan, 

tikishda  ipni  o‟lchab  kesib  olish,  ninaga  o‟tkazish,  uchini  tugish,  tikish; 

o‟yinchoq  yasash  uchun  egish,  bukish,  taxlash,  burchaklarini  bukish,  qirqish, 

tikish  kabi  mehnat  harakatlarini  egallab  olishlari  kerak  bo‟ladi.  Bu  ish 

harakatlarini  ma‟lum  tartib  bilan  bajarish  uchun  har  bir  bola  o‟z  mehnat 

faoliyatini rejalashtirib ola bilishi kerak. 

Mehnat jarayonini rejalashtirish quyidagilarni o‟z ichiga oladi: maqsad 

qo‟yish,  mehnat  faoliyati  uchun  kerakli  ish  qurollarini  tayyorlab  olish, qaysi 

harakatlarni  qaysi  izchillikda  bajarish  kerakligini  va  undan  kutilgan  natijani 

aniqlab olish, ish joyini yig‟ishtirib qo‟yish. 




 

26 


Avvaliga  mehnat  faoliyatini  rejalashtirib  olishni  bolalarga  tarbiyachi 

o‟rgatadi:  mehnat  maqsadini  tushuntiradi,  kerakli  materiallarni,  mehnat 

qurollarini  tanlaydi  va  uni  har  bir  bola  oldiga  tayyorlab  beradi  va  bolalarga 

mehnat  faoliyati jarayonini qanday tartibda bajarish kerakligini tushuntiradi.   

O‟rta  va  katta  guruhlarga  borganda bu harakatlarni mustaqil bajarishga 

o‟rgatadi.  Buning  uchun  bolalarga  quyidagi  savollar  bilan  murojaat  qilib 

boradi: 

1.  Biz nima  qilamiz? 

2.  Buning  uchun  nima  qilishimiz kerak? 

3.  Ishimiz  uchun  nimalar  –qanday  materiallar,  qanday  ish  qurollari 

kerak? 

4.  Bu  material  va  ish  qurollaridan  foydalanish  o‟ng‟ay  bo‟lishi  uchun 

ularni ish o‟rinmizda qanday joylashtirishimiz kerak? 

5.  Ishni  nimadan  boshlab,  qanday  davom  ettirishimiz  kerak?  (savol 

mehnatning  oddiy  va  murakkabligiga,  mazmuniga  qarab  bir  necha  marta 

takrorlanishi mumkin). 

6.  Ishni  qanday  tugatamiz? 

iMehnat  faoliyatini  rejalashtirib  olishga  o‟rgatish  mehnatni  sifatli 

bajarishga va mehnat  madanityaiga  o‟rgatadi. 


Yüklə 299,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin