Mеxnat insonni ulug’laydi



Yüklə 299,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/21
tarix11.03.2022
ölçüsü299,04 Kb.
#53581
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
orta guruh bolalarini oz-oziga hizmat korsatish malakalarini shakllantirish (2)

Natija  –  mehnat  faoliyatining  muhim  tarkibiy  qismi  bo‟lib,  uni  bolalar 

ongli ravishda anglab yetishlari kerak. 

Natijaga  erishish  bolalarda  mehnat  qilish  odatini,  mehnatsevarlikni 

tarbiyalaydi, mehnat  harakatlarini sifatli bajarishga o‟rgatadi. 



Mehnatining  sababi,  ya‟ni  bola  nima  uchun  mehnat  qilishini  bilishi 

kerak. Bu  quyidagi  shart –sharoit ta‟sirida rivojlanadi: 




 

27 


1. 

Bolalar  mehnatdan  keladagina  natijani  va  uning  ijtimoiy 

mohiyatini  bilishlari kerak. 

2. 


Bolalar  yasagan  buyumlardan  bog‟chada,  oilada  foydalanish 

kerak. 


3. 

Bolalarning  ijtimoiy  –foydali  mehnatini  amaliy  jihatdan  tashkil 

etish. 

4. 


Bolalar  mehnatining  natijasini,  uning  boshqa  kishilar  uchun 

foydasini baholash. 

Shunday  qilib,  mehnat  jarayonining  undagi  tarkibiy  qismlar  bilan 

egallab  olinishi  maktabgacha  tarbiya  yoshidagi  bolalar  mehnat  faoliyatining 

boshlanishi hisoblanadi. 

Maktabgacha  tarbiya  yoshidagi  bolalar  mehnatining  asosiy  shakllari 

quyidagilardan  iborat:  o‟z  –o‟ziga  xizmat  qilish,  topshiriqni  bajarish,  yakka 

tartibdagi  mehnat,  navbatchilik,  qo‟l  mehnati  bo‟yicha  mashg‟ulotlar,  jamoa 

mehnati.  O‟z  –o‟ziga  xizmat,  topshiriqni  bajarish,  maktabgacha  tarbiya 

yoshidagi bolalar mehnat faoliyatining  boshlang‟ich shakli hisoblanadi. 

O‟z  –o‟ziga  xizmat  qilish  bolalar  mehnatining  shakli  sifatida  yosh 

guruhlarida  tashkil  etiladi.  U  kun tartibidagi uyqu va sayrdan oldin va keyingi 

jarayonlar:  ovqatlanish,  kiyinish  va  yechinish,  kiyim  va  badanni  toza  tutish 

bilan  uzviy  bog‟liqdir.  (bu  mavzu  “Jismoniy  tarbiya”  bobida  batafsilroq 

yoritilgan). 

Yosh  guruhlarida  topshiriqdan  foydalaniladi;  u  yakka  tartibda  va 

guruppaviy    bo‟lishi  mumkin.  Kichkina  guruhlarda  bolalarga  uncha 

murakkab  bo‟lmagan  va  qisqa  muddatli  topshiriqlar  beriladi:  “O‟yinchoqni, 

kitobni, stulni olib kel, o‟rniga olib borib qo‟y, tushki ovqat uchun stol ustiga 



 

28 


qoshiqlarni  qo‟yib  chiq”.  Bunday  topshiriqlarni  ayrim  bolalar  guruhdan 

tashqari joylarda ham  bajarishlari mumkin. 

O‟rta  va  katta  guruhlardagi  bolalarga  beriladigan  topshiriqlar  ancha 

murakkab  bo‟lib,  ular  endi  xonadan  tashqarida  bajarishga  mo‟ljallangan  va 

ikkinchi  bir  kishiga  murojaat  qilish  bilan  bog‟langan  bo‟ladi,  masalan, 

boshqa  guruhning  tarbiyachisiga,  enagaga,  shifokorga,  hamshiraga  murojaat 

qilish va hokazo. 

Bu  guruhlarda  topshiriqlar  2-3  boladan  tashkil  topgan  kichik  guruhlar 

tomonidan  bajarilishi  mumkin  (o‟yinchoqlarni  yig‟ishtirish,  gullarga  suv 

quyish, to‟kilgan  barglarni terib, tegishli joyga olib borib tashlash kabi). 

Maktabgacha  tayyorlov  guruhida  beriladigan  topshiriqlar  yana  ham 

murakkablashadi.  Bunday  topshiriqlar  endi  javobgarlik  va  boshqa  kishilarga 

mehribonlarcha  munosabatda  bo‟lib  hissini  shakllantirish  bilan  bog‟liq 

bo‟lishi  mumkin:  kichkina  guruh  bolalarini  sayrga chiqishdan oldin, uyqudan 

keyin  kiyinishiga  yordam  berish;  ularning  stolini  tushlik  ovqatga  tayyorlab 

berish,  enagaga  toza  sochiqlarni  osishga,  toza  choyshablarni  olib  kelishga 

yordamlashish  va hokazo. 

Topshiriq  uzoq  vaqt  bajarilishi  mumkin. Masalan, ma‟lum bir gul yoki 

bir  qancha gullar bir xafta davomida davomida parvarish kilinishi yoki bu ish 

yanada uzoqroq cho‟zilishi mumkin  (biror o‟simlikni ekish va o‟stirish). 

    Tarbiyachi Bolalarning topshiriqni bajarilishiga rahbarlik qilish bilan 

ham  axloqiy,  ham  mehnat  tarbiyasining  muhim  tomonlarini  amalga  oshiradi, 

mehnatda qatnashish istagini, o‟rtoqlariga g‟amxo‟rlik va e‟tibor  bilan qarash 

ruhini  singdiradi,  bolalarni  tengdoshlari  va  kattalar  bilan  o‟zaro 




 

29 


xushmuomala  bo‟lishga  odatlantiradi,  topshirilgan  ishda  burch  va 

javobgarlikni sezish hissini, natijaga erishishda sabotlilikni tarbiyalaydi. 

Navbatchilik  –bu  jamoa  uchun  mo‟ljallangan  mehnat  faoliyatining 

shakli bo‟lib, u majbriy tartibda bajariladi. Bolalarning navbatchiligi ikkinchi 

kichik  guruhda  yil oxiridan (oshxonada)  boshlanadi. 

Barcha  bolalarning  mehnatda  doimiy  ishtirok  etishlarini  ta‟minlash 

uchun  navbatchilikning  xilma  –xil  turlari  uyushtiriladi:  oshxonada  (hamma 

yosh  guruhlarida),  mashg‟ulotga  tayyorlanishda  (o‟rta  guruhdan  boshlab), 

o‟simlik  va  hayvonlarni  parvarish  qilishda  (katta  va  maktabga  tayyorlov 

guruhlarida). 

Ikkinchi  kichik  guruhdagi  bolalar  oshxonada  navbatchilik,  qiladilar. 

Birdaniga  4-5  bola  navbatchilik  qilishi  mumkin,  har  bir  bola  1-2  stolni 

bezatadi.  Katta  va  tayyorlov  guruhlarida  bolalarning  vazifalari  kengayadi. 

Nonushta  va  tushlik  ovqatga,  kech  tushki  va  kechki  ovqatga  dasturxon 

tuzatish,  ovqatlanib  bo‟lingandan  keyin  idish  –tovoqni  ovqat  tarqatiladigan 

stolga  yig‟ishtirish,  stollar  ustini  tozalab  olish,  enagaga  choy  idishlarini 

yuvishda  yordam  berish  shular  jumlasidandir.  Bu  yoshdagi  bolalar  ikkitadan 

navbatchilik  qilishadi, ammo  har bir bolaning  ish hajmlari ko‟payadi. 

Mashg‟ulotlarga  tayyorgarlik  bo‟yicha  navbatchilik  qilish  o‟rta 

guruhda  –bolalar  oshxonada  navbatchilik  qilishni  bilib  olganlaridan  keyin 

kiritiladi.  Bu  navbatchilar  stol  va  stullarni,  mashg‟ulotga  kerakli 

materiallarni,  qo‟llanmalarni  mashg‟ulotga  tayyorlaydilar  va  xonani  tartibga 

soladilar. 



 

30 


Katta  guruhdan  boshlab  bolalar  tabiat  burchagida  navbatchilik  qila 

boshlaydilar.  Navbatchilikning  bu  turi  ham  tarbiyaviy,  ham  ta‟limiy 

ahamiyatga  ega. 

Navbatchilikning  bu  turida  ham  bolalar  ikkitadan  tayinlanadi:  biri 

o‟simliklarni  parvarish  qilsa,  ikkinchisi  jonivorlarga  qaraydi.  Ulardan  qaysi 

biri bo‟sh qolsa ikkinchisiga yordam beradi. 

Navbatchilikning  hamma  turi  yaxshi  tashkil  etilganda  foydali  bo‟ladi. 

Navbatchilikni  boshlashdan  oldin  “Biz  navbatchilik qilamiz” degan mavzuda 

mashg‟ulot  o‟tkazish  mumkin.  Masalan,  tabiat  burchagida  navbatchilikni  

boshlashdan oldin tarbiyachi mashg‟ulot o‟tkazib, bolalarni tabiat burchagida 

nimalar  borligi,  o‟simlik  va  hayvonlarni  qanday  parvarish  qilish  haqida 

suhbat    o‟tkazadi.  Tarbiyachi  tabiat  burchagida  yashovchilarni  har  kuni  va 

to‟g‟ri  boqish,  o‟simliklarni  sug‟orish  va  yuvish,  qurigan  shoxcha  va 

barglarini qirqish kabilarga diqqatni jalb etadi, ish usullarini tushuntiradi. 

Tarbiyachi  bolalarni  o‟simlik va  hayvonlarni kuzatishga, o‟zgarishlarni 

aniqlab  borishga,  burchakdagi  o‟simlik  va  hayvonlarga  g‟amxo‟rlik  bilan 

munosabatda  bo‟lishga,  ularda  yuz  beradigan  o‟zgarishlarni  ko‟ra  bilish  va 

ular  to‟g‟risida  so‟zlab  berishga  o‟rgatadi.  Yozda  navbatchilarga  ertalab 

gulpushtalarni  sug‟orish,  guldasta  tuzash,  gul  solingan  guldonlar  suvini 

almashtirish  topshiriladi. 

Maktabga  tayyorlov  guruhi  bolalari  hayvonlarga  ovqat  berish  vaqtini, 

miqdorini, ovqatni mustaqil bolalarning o‟zlari qatnashsalar yana ham yaxshi 

bo‟ladi. 

Ba‟zan  navbatchilarning  ish  natijalari  bolalarning  uyga  ketishlari 

oldidan  muhokama  qilinadi.  Tarbiyachi  bolalarga:  bugun  navbatchilar  o‟z 



 

31 


vaqtida  keldimi?  Ular  hamma  ishni  qilishdimi?  Nonushtaga,  tushlik  ovqatga 

stol  to‟g‟ri  tuzatildimi?  Navbatchilar  hamma  narsani  vaqtida  bajarib, 

o‟ynashga  ham  ulgurdilarmi?  Kim  yaxshiroq  va  chiroyliroq  bajardi?  –kabi 

savollar  beradi  va  ular  ishini  baholaydi.  Navbatchilar  har  kuni  almashtirib 

turiladi,  bu  har  bir  bolaning  navbatchilikning  har  xil  turlarida  qatnashishiga  

va turli mehnat  malakalarini egallab olishiga imkon  yaratadi. 

Navbatchilik  ishlari  bolalarning  sog‟lig‟iga  zarar  yetkazmaydigan 

(suyuq  ovqatlarni,  choyni  bolalar  tarqatmaydilar,  og‟ir  narsalarni  bolalar 

ko‟tarmaydilar  va  hokazo)  qilib  tashkil  etilishi  kerak.  Navbatchilik  uchun 

hamma  kerakli  jihozlar  bo‟lishi  lozim,  bolalar  ulardan  mustaqil,  ehtiyotlik 

bilan foydalanishga,  ishdan keyin joyiga yig‟ishtirib qo‟yishga o‟rgatiladi. 

Ayniqsa  navbatchilarni  guruhlashga  e‟tibor  berish  juda  muhimdir: 

passiv  bolalarni  faolroqlari  biln,  navbatchilikni  endi  bolagan  bolalarni 

tajribali  bolalar  bilan  birga  tayinlash  kerak.  Lekin  bunda  faol  bolalarning 

passiv  bolalar  ishini  bajarishlariga  yo‟l  qo‟ymaslik  darkor.  Navbatchilarni 

tanlash  va  tayinlash  har  xil  bo‟lishi  mumkin:  bolalarning  xohishiga  qarab 

stollar  bo‟yicha,  ro‟yxat  bo‟yicha,  sekin  –asta  navbatchlik  galini  bolalar 

o‟zlari eslab qoladilar va shu tartib bilan borishini nazorat qilib boradilar. 

Navbatchilarning  borligi  boshqa  bolalar hamma ishdan ozod bo‟lishini 

bildirmaydi, ovqatni yeb bo‟lgan har bir bola o‟zining idishini stolni o‟rtasiga 

taxlab  qo‟yadi,  salfetkani  ham  ma‟lum  joyga  qo‟yishadi,  stul  joyiga  surib 

qo‟yiladi.  Navbatchilar  idishlarni  maxsus    tarqatish  stoli  ustiga  olib  borib 

qo‟yishadi,  stol  ustidagi  uvoqlarni  maxsus  cho‟tka  bilan  idishga  yig‟ib 

olishadi.  Mashg‟ultdan  keyin  ham  shu  hol takrorlanadi; har bir bola o‟zining 

qadamini  qalamdonga  solib  qo‟yadi,  o‟z mo‟yqalamlarini yuvib, qiyqimlarni 



 

32 


yig‟ishtirib  qo‟yishadi  va  h.k.  Eng  muhimi  –bolalarda  o‟zaro  mehr  –

muhabbatni  tarbiyalash,  bir  –biridan  qo‟lidan  kelgan  yordamini  ayamaslikka 

o‟rgatish kerak. Bularning  hammasiga  tarbiyachi rahbarlik qiladi. 

Bolalarning  mehnat  tarbiyasini  tashkil  etish shakllaridan yana biri qo‟l 

mehnati bo‟yicha mashg‟ulotdir. Bilim va malaka birinchi marta berilayotgan 

bo‟lsa  va  u  tushuntirish  hamda  barcha  bolalarga  yaqqol,  ko‟rgazmali  qilib 

ko‟rsatishni talab etgan  hollarda ana shunday  mashg‟ulotlar  o‟tkaziladi. 

Bolalarning 

jamoa 

mehnati 


daslabki 

jamoachtilik 

asoslarini 

shakllantirishda  muhim  ahamiyatga  ega.  Jamoa  mehnatida  birgalikda  harakat 

qilish,  o‟zaro  yordam,  shu  bilan  birga  mehnat  taqsimoti  ham 

mujassamlashgan 

bo‟ladi. 

Bunda 


mehnat 

yutuqlaridan 

birgalikda 

quvonadilar, ish yaxshi chiqmasa birgalikda qayg‟uradilar. 

Mehnatda  bolalarning  birlashishlari  tarbiyaviy  vazifaga  qarab  har  xil 

shaklda  bo‟ladi.  “Yonma  –yon  mehnat”  da  hamma  bolalar  bitta  ishni 

bajaradilar,  ammo  har  bittasi  o‟sha  umumiy  ishning  bir  qismini  bajaradi 

(bittasi  mo‟yqalamlarni  yig‟ishtiradi,  boshqasi  bo‟yoqlarni  va  h.k.).  ishning 

bunday  tashkil  etilishi  bolalarni  mehnat  malakalariga  o‟rgatishda  ham, 

ularning  ishini nazorat qilib turishda ham  o‟ng‟aylik tug‟diradi. 

“Umumiy  mehnat”  da  har  bir  bola  o‟z  ishini  bajaradi,  ammo  oxirida 

hamma  qatnashuvchilar  mehnati  umumlashtiriladi  (har  bir  bola  xamirdan 

uzib  olib  pechenye  yasaydi  va  u  bitta  idishga  solib  pishirishga  qo‟yiladi, 

pishgandan  keyin  bitta  idishga  solib  boalar  mehmon  qilinadi).  Yoki  hamma 

bolalar  guruh  xonasini  yig‟ishtirishadi  –har  bir  bola  biron  ishni  bajaradi, 

yig‟ishtirib bo‟lingach, natija bitta qilib yakunlanadi (“Hamma yaxshi ishladi, 

shuning  uchun  guruh  xonasi toza,  saranjom-sarishta, chiroyli bo‟lib qoldi”). 



 

33 


Birgalikdagi  mehnat  quyidagicha  tashkil  etilishi  mumkin:  masalan, 

xonani  yig‟ishtirishda  bolalarning  bittasi  o‟yinchoqlarni  yuvadi,  ikkinchisi 

artadi,  uchinchisi  o‟yinchoq  polkasini  tozalaydi  va  unga  o‟yinchoqlarni 

teradi.  Yoki  tabiatdagi  mehnatda bittasi tuvaklarga qum va tuproqlarni soladi, 

ikkinchisi  urug‟  yoki  ko‟chatni  o‟tqazadi,  uchinchisi  joyiga  olib  borib 

qo‟yadi.  Bu  yerda  bolalarning  ish  harakatida  o‟zaro  mutanosiblik  bo‟lishi, 

ya‟ni  har  bir  bola  bir  xilda  chaqqonlik  bilan  harakat  qilishi  kerak,  buning 

natijasida  ma‟lum  mehnat  munochabatlari  yuzaga  keladi.  Bunday  vaziyatda 

tarbiyachining  bolalar  o‟rtasida  to‟g‟ri  munosabat  o‟rnatishga  qaratilgan 

bevosita rahbarligi zarur. 

Bunday  rahbarlik, ma‟lum  izchillikda amalga oshiriladi. 



 

34 



Yüklə 299,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin