Mеxnat insonni ulug’laydi


  Bolalarni  o’z-o’ziga  ximatt  qilishga  o’rgatishda  tarbiyachi



Yüklə 299,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/21
tarix11.03.2022
ölçüsü299,04 Kb.
#53581
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
orta guruh bolalarini oz-oziga hizmat korsatish malakalarini shakllantirish (2)

2.2. 

Bolalarni  o’z-o’ziga  ximatt  qilishga  o’rgatishda  tarbiyachi 

faoliyati  hamda  oilaning  o’rnini  o’rganish.(tajriba  sinov 

ishlari) 

Tajriba  sinov  ishlarimizning  bosh  maqsadidan  mantiqan  kelib 

chiqadigan  ustivor  maqsad  –mustaqil    taraqqiyot  yo‟lidagi  O‟zbekiston 

kelajagi  bo‟lgan  bolalarni  o‟z-o‟ziga  xizmat  qilishga  ya‟ni  mehnatsevarlik 

ruhida  tarbiyalash  va  bunda  tarbiyachi  pedagoglarni  va  oilaning  tutgan 

o‟rnini oshirish, mustahkamlash va shu orqali Vatan ravnaqi, xalq farovonligi 

va osoyishtaligiga  xizmat  qilishdir. 

Bolalarni  o‟z-o‟ziga  xizmat  qilishga  ya‟ni  mehnatsevarlik  ruhida 

tarbiyalashda  tarbiyachi  va  ota  –onalarning  ibrat  namunasi  g‟oyatda  muhim 

ahamiyat  kasb  etadi.  Oilada ota –onalar yoki keksa avlod vakillari tomonidan 

bolalarni  mehnatsevarlik  ruhida  tarbiyalash  yosh  avlodning  har  tomonlama 

rivojlanishida katta rol o‟ynaydi. 

Bolalar  tarbiyasida  doimiy  tarbiyaviy,  ta‟sirchan  kuch  –oilaviy  tartib 

ya‟ni  oila  a‟zolarining  bir  –biriga  munosabati,  ota  –ona  va  boshqa  katta 

kishilarning  xulq  atvori,  madaniy  va  ijtimoiy  saviyasi,  oila  byudjeti,  yashash 

sharoiti va hokazolarning  maromidir. 

Oila qanchalik tartibli, uning a‟zolari o‟rtasidagi munosabatlar samimiy 

bo‟lsa,  oiladagi  mehnat  taqsimoti  to‟g‟ri  yo‟lga  qo‟yilgan  bo‟lsa  –bolani 

mehnatsevarlik  ruhida tarbiyalash darajasi ham shunchalik  yuqori bo‟ladi. 

Bolani  o‟z-o‟ziga  xizmat  qilishga  ya‟ni  mehnatsevarlik  ruhida 

tarbiyalashda  maktabgacha  ta‟lim  muassasalarida  va  oilada  mehnat 

tarbiyasi,berish    bolalarni  uy  yumushlariga  ilk  yoshliklaridanoq  to‟g‟ri  jalb  

etish  bunda  ularning  yosh  jins  va  individual  psixologik  xususiyatlarini 



 

35 


inobatga  olishni  nazarda  tutadi.  Bolaning  ilk  mehnat  tajribasi  (kiyimini  o‟zi 

kiyishi)  o‟rin  –ko‟rpasini  yig‟ishtirishi,  idishtovoq  yuvish,  gulga  suv  quyish 

va  hokazolar)  kelgusida  uning  mehnat  faoliyati  samarali  bo‟lishiga  asos 

bo‟ladi va uni murakkabroq  vazifalarga undaydi. 

Har  bir  ota  –ona o‟z farzandiga e‟tiborli bo‟lsa albatta ko‟nglidan nima 

kechayotganligini  biladi.  sababiga  qiziqadi  yordam  beradi,  goh  shirinso‟z, 

goh maslahati bilan bolaga yo‟l ko‟rsatadi. 

Gap bolalarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash to‟g‟risida borar ekan, 

avvalo  ularni  tarbiyalovchi  ota  –onaning  o‟zi  tarbiyalanganmi,  avvalo shunga 

e‟tiborimizni  qaratishimiz  zarur.  Ayrim  yosh  ota  –onalarimiz  o‟z  farzandlari 

oldidagi  vazifalarini  unutib  qo‟yadilar.  Atrofga  qarasak  yosh  otalarning 

farzandlar  oldida  katta  avlod  vakillariga  behurmatlik  qilib,  aytgan  ishlarini 

qilmaslik,  holatlari  ham  afsuski  uchrab  turibdi.  Ota  –ona  o‟sib  kelayotgan 

avlod  bolalar  uchun  dorilfunundir.  Axir  ular  ota  –onalaridan  o‟rnak  oladilar. 

Farzandi  ko‟ngildagidek  bo‟lib  o‟sishini,  komil  inson  bo‟lib,  halqqa  xizmat 

qilishini  istagan  har  bir  ota  –ona  o‟ziga  farzandi  oldidagi  burchimni 

bajarilyapmanmi?  Degan  savolga  javob  berishini  odattusiga  kiritishini  istar 

edik. 


Ijtimoiy  tarbiyaning  roli  va  imkoniyatlari  qanchalik o‟sib borgani sari, 

bolani  mehnatsevarlik  ruhida  tarbiyalashda  oilaviy  tarbiya  zarur  va  uni 

boshqasi  bilan  almashtirib  bo‟lmaydi.  Bolalik  bu  insonning  hissiyoti, 

ko‟nikmasi,  xulq  –atvori,  didlarining  shakllanish  davridir. Xuddi shu davrda 

uning  indviiudal  xususiyatlari,  harakter  bilgilari,  axloqiy  irodaviy  tomonlari 

paydo  bo‟la  boshlaydi,  tilga  ega  bo‟lib  nutqi  paydo  bo‟lishi  bilan  bola 

kishilik  tajribasini  o‟stira  boshlaydi.  Psixologlarning  fikricha  bola  uch 



 

36 


yoshgacha  bo‟lgan  davrda  otadan  merosi  qolgan  tomonlarni  amalga  oshira 

boshlaydi.  Shuning  uchun  ham  bu  merosning  ijtimoiy  qiymatga  ega  bo‟lishi 

juda muhimdir. 

Bolalar  tarbiyasi  –uni  mehnatsevrlik  ruhida  tarbiyalash  ijodiy  jarayon. 

Bolalar  bilan  birgalikdagi  hayot  bu  haqiqiy  san‟at  bo‟lib,  doimo  uni 

takomillashtirib  borilsa  har  qanday  san‟at  kabi  ota  –onaga  quvonch  bahsh 

etadi.  Shuningdek,  bolalar  bilan  birga  bo‟lish,  faqatgina  quvonch  emas, 

ma‟naviy  kamolotni  manbai  hamdir.  Farzandlari  bilan  muomala  qilish  ular 

hayotini  yangi  ma‟no  va  mazmun bilan boyitadi, yanada rang  –barang qiladi. 

Shak  –shubhasizki  qarzandli  bo‟lish,  bolalar  bilan  birga  va  ular  uchun 

hamxo‟rlik  qilishdik  psixologik  jarayonni,  ehtiyojni  hamma  ham  tushunib 

yeta  bilmaydi.  Biz  bolalarni  mehnatsevarlik  ruhida  tarbiyalashda  oilaning 

o‟rnini  o‟rganish  yuzasidan  kuzatuv  va  tadqiqot  ishglarimizni  Jizzax  shahar 

№3-sonli  “G‟uncha”    nomli  maktabgacha  ta‟lim  muassasasining 

tarbiyalanuvchilari va ota-onalari o‟rtasida olib bordik  . 

Tajriba  –sinovdagi  maktabgacha  ta‟lim  muassasasida  quyidagi  ish 

shakllarini amalga  oshirdik, uyushtirdik: 

Suhbat; 



Qahramonlar  bilan uchrashuvlar; 

Anketa  –test so‟rovlari o‟tkazdik. 



Bolalarni  mehnatsevarlik  ruhida  tarbiyalash  haqidagi  bilimlarini 

aniqlash uchun  ota –onalarga qquyidagi  savollar bilan murojaat qildik: 

1. 

Siz bolangizga mehnatsevarlik  haqida nimalarni o‟rgatdingiz? 



2. 

Mehnatsevarlik  nima? 




 

37 


3. 

Mehnatsevarlik  bilan  mehnat  o‟rtasida  qanday  farq  bor  deb 

o‟ylaysiz? 

4. 


Bolalaringiz  bilan  mehnat  rejalarini  tuzib  chiqasizmi?  Qanday 

qilib? 


5. 

Bolangizga  mehnat  qahramonlari  haqida  kimlarni,  qanday 

ma‟lumotlarni  ayta olasiz. 

6. 


Bolangizni  mehnatsevarlik  ruhida  tarbiyalash  uchun  nimalar 

qilish va qanday ish olib borish kerak deb o‟ylaysiz? 

7. 

Oilada mehnat  taqsimotini qanday yo‟lga qo‟ygansiz? 



8. 

Bolangizga  kun  tartibi  joriy  qilanmisiz?  Agar  shunday  bo‟lsa 

buni ahamiyati nimada deb o‟ylaysiz? 

9. 


Oilada, 

dasturxon 

atrofida 

bolalaringizga 

mehnatsevarlik 

to‟g‟risida qanday hikoya,  ertak, rivoyatlar aytib bera olasiz? 

10.  Bolangizni  qanday  ro‟zg‟or  yumushlariga  jalb  qilasiz?  Unga 

og‟irlik qilmaydimi? 

11.  Bolaningzni  muntazam  bajarib  boradigan  ro‟zg‟or  yumushini 

ayting  va siz buni  qanday nazorat  qilasiz? 

12.  Mehnat  ko‟nikmalaridan  qaysilarini  bolangiz  mustaqil  bajara 

oladi deb o‟ylaysiz? 

13.  Bolangiz  ko‟proq  qaysi  faoliyat  bilan  shug‟ullanishi  kerak  deb 

o‟ylaysiz. 1. O‟yin, 2. Mehnat,  3. O‟qish asoslab bering. 

14.  Mahallada  o‟tkazilgan  xayriya  hasharlarida  ishtirok  etasizmi? 

Bunga  bolangizni  munosabati  qanday. 

15.  Bolangiz 

tarbiyasida  mehnatsevarlik  to‟g‟risidagi  qanday 

maqollardan foydalansiz? 



 

38 


Dastlabki  tajriba  ishida  ota  –onalarning  “Bolalarni  mehnatsevarlik 

ruhida  tarbiyalash”  haqidagi  tushunchalari  va  uni  amalga  oshirishdagi 

tajribalarini  o‟rgandik bunda muassasa pedagogi bilan birgalikda 20 ta ota  –

ona ishtirok etishdi. 

Anketalarga  quyidagicha  javob  oldik?  “Bolangizga  mehnasevarlik 

to‟g‟risida  nimalarni  o‟rgatingiz?  Savolga  17  ta  ijobiy  to‟g‟ri  javob,  2  ta 

yaxshi  va  bitta  qoniqarli  javob,  “Mehnatsevarlik”  tushunchasining  mazmuni 

haqidagi  savolga  16  ta  to‟g‟ri  javob.  Bolani  mehnatsevarlik  ruhida  

tarbiyalash uchun qanday ish olib borish kerakligi haqida 12 ta to‟g‟ri javob, 

oilangizda  mehnat  taqsimotini  qanday  yo‟lga  qo‟ygansiz  savoliga 16 ta ijobiy 

javob.  Bolangiz  ko‟proq  qaysi  faoliyat  turi  bilan  shug‟ullanishi  kerak  deb 

o‟ylaysiz?  Savoliga  14  ta  to‟g‟ri  to‟g‟ri  javob.  Bolangiz  tarbiyasida  qanday 

mehnatsevarlik to‟g‟risidagi maqollardan foydalanasiz? Savoliga 17 ta to‟g‟ri 

javob  Mahallada,  bayram  tadbirlarda  o‟tkaziladigan  xayriya  xasharlarida 

ishtirok  etasizmi?  Savoliga  atigi  12  ta  “Ha” javobi. Yuqoridagi javoblardan 

ko‟rinib  turibdiki,  bolani  mehnatsevarlik  ruhida  tarbiyalash  to‟g‟risida  ota  –

onalar  yetarli  bilimga  ega  bo‟lsada,  yetarlicha  ma‟suliyat  bilan  bu  ishga 

yondashmaydi.  Shuni  ta‟kidlash  lozimki  27  maktabgacha  ta‟lim 

muassasasida  ota  –onalar  bilan  qayta  o‟tkazilgan  tadqiqot  mazmuni  85  foiz 

yuqori.  Chunki  bu  yerda  maktabgacha  ta‟lim  muassasasi  rahbariyati  bilan  ota 

–onalar  uchun  tashkil  etilgan  suhbatimizda  ota  –onalarga  kerakli  xulosa, 

taklif  va  tavsiyalar  berilganligi,  ota  –onalarni  mehnatsevarlik  to‟g‟risidagi 

hamda faollashtirilib, ijobiy tomonga  o‟zgarganligi  yaxshi natija berdi. 

Ota  –onalar  bilan  o‟tkazilgan  suhbatda  bolalarni  mehnatsevarlik  ruhida 

tarbiyalashning  xususiyatlari,  aksincha  bu  jarayonga  beparvalikning  achinarli 



 

39 


oqibatlari –hayotiy misollar orqali ko‟rsatib berildi. Bolalarni mehnatsevarlik 

ruhida tarbiyalashda qo‟l keluvchi usullar bilan tanishtirildi.   

Jumladan,  bolalarni mehnatsevarlik  ruhida tarbiyalashda; 

Xalq  og‟zaki  ijodining  boy  namunalari  hikoyat  va  ertaklar  va 



she‟r, qo‟shiq maqollar orqali bolalarga ijobiy tarbiyaviy ta‟sir o‟tkazish. 

Bolalarni 



mehnatsevarlik 

ruhida 


tarbiyalashda 

hadis 


namunalaridan  foydalanish; 

Oila va bolalar uchun  ota –onalar tomonidan  kun  tartibi o‟rnatish; 



Oilada mehnat  taqsimotini to‟g‟ri yo‟lga qo‟yish; 

Bolalarda mehnatga  munosabatni  to‟g‟ri yo‟lga qo‟yish; 



Bolalarni mehnatga jalb qilish va ularni qo‟llab –quvvatlash shakl 

va usullari bayon  qilindi. 

Bundan  so‟ng  o‟rtacha  “Bolalarni  mehnatsevarlik  ruhida  tarbiyalashda 

tarbiyachi  pedagoglar  va  oilaning  o‟rnini  oshirish”  uchun  nimalar  qilishi 

kerakligi  to‟g‟risida  savol  tashlanib,  ota  –onalarning  mustaqil  fikrlari 

tinglandi.  Xulosalar shuni ko‟rsatdiki ota  –onalar o‟tkazilgan tadbirlar orqali 

o‟zlari uchun  kerakli bilimlarga ega bo‟ldilar. 

 


Yüklə 299,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin