. Chingizxon (Temuchin)ning mo’g’ullarni birlashtirib kuchli davlat tuzishi.Mo‘g‘ulurug‘ va qabilalari qudratli davlatgabirlashuvi va jipslashuvi Temuchin(1155–1227) nomi bilan bog‘liq.1206-yilda Onon daryosi bo‘yida chaqirilganmo‘g‘ul urug‘ va qabila boshliqlariningqurultoyida Temuchin ulug‘xon (qoon) deb e’lon qilinadi, unga“Chingiz” laqabi beriladi hamda Mo‘g‘ullar davlatiga asos solinadi.Chingizxon olib borgan urushlar natijasidaGobi sahrosining sharqiy chegarasidanto Tangritog‘ (Tyanshan) tizmasining g‘arbiyetaklarigacha bo‘lgan viloyatlar Mo‘g‘ullar davlati hukmronligiostida birlashtirilgan edi. Endilikda Mo‘g‘ullar davlatiningg‘arbiy hududlari Sulton Muhammad Xorazmshohsaltanatining chegarasiga bevosita tutashib ketgandi.Chingizxon va Xorazmshoh o‘rtasida bir-birining kuchqudratinibilib olishga va bu haqda ma’lumotlar to‘plashgaharakat qilinadi. Ikki o‘rtada hatto elchilik aloqalari o‘rnatiladi.