Mezolit (o’rta tosh) davri


Buxoro amirligining tashkil topishi va uning boshqaruv tizimi



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə2/293
tarix02.01.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#43010
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   293
Mezolit (o’rta tosh) davri-fayllar.org

2.Buxoro amirligining tashkil topishi va uning boshqaruv tizimi Buxoroda 1711-1747 yillarda Abdulfayzxon nomigagina xon edi. Mamlakatni boshqarish Muhammad Xakimbiy otaliq qo`lida bo`ldi. 1747 yilda Abdulfayzxon bir guruh fitnachilar tomonidan o`ldirildi. Muhammad Xakimbiy ham tez orada vafot etdi. Davlat ishlari Muhammad Xakimbiyning o`g’li Muhammad Rahimbiy qo`liga o`tdi. Muhammad Rahg’imbiy 1573 yilda Buxoro taxtini egalladi. U o`ziga qarshi isyon ko`targan Shahrisabz, Urgut, Jizzax, O`rtepa, Xo`jand, Toshkent va boshqa bekliklarda mavqeini mustahkamlab olgach, o`zini amir deb e`lon qildi. Shu tariqa, Buxoroda mang’itlar sulolasi xukmronligi (1753-1920) qaror topdi. Shundan e`tiboran poytaxti Buxoro bo`lgan davlat Buxoro amirligi deb atala boshlandi. Muhammad Rahim hukmronligini beklik-viloyatlardagi boshqa qavmlardan bo'lgan hokimlar tan olmadilar. Amir mang'itlarga tayanib hokimiyatni markazlashtirishga intildi. Barcha qabilalarning hukmdorlarini Buxoroga yig'ib, ulardan markaziy hokimiyatga bo'ysunishni talab qildi, aks holda qattiq jazolanishi haqida ogohlantirdi. Viloyatlardagi ko'pgina hokimlar, bebosh amaldorlar hokimiyatdan chetlashtirilib, yer-mulki tortib olinib, boshqa joylarga ko'chirildi. Ular o'rniga amir qabiladoshlaridan tayinlandi. Muhammad Rahim Buxoro minorasi yonidagi o'z qarorgohini mahsus qurilgan Arkka ko'chirdi, o'zboshimcha beklarni Arkka chaqirib qattiq jazoladi. Tarqoqlikni bartaraf etish maqsadida ko'pgina bekliklarga-Samarqand, Jizzax, O'ratepa, Hisor, Boysun, Shahrisabzga qarshi qonli urushlar qildi, ko'pgina viloyatlar vayron bo'ldi. Muhammad Rahim Nurotada istiqomat qiluvchi burgut qabilasi mang'itini bostirib, ularning harbiy istehkomlarini buzib tashlab, o'zlarini Buxoro tumaniga ko'chirdi.


Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin