Mezolit (o’rta tosh) davri


Aleksandr Makedonskiy imperiyasining parchalanishi. Salavkiylar sulolasi



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə289/293
tarix02.01.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#43010
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   293
Mezolit (o’rta tosh) davri-fayllar.org

13513814.


  1. Aleksandr Makedonskiy imperiyasining parchalanishi. Salavkiylar sulolasi.Iskandar o’zining vorisini rasmiy jihatdan tayinlashga ulgurmadi, bu uning lashkarboshilari o’rtasida Iskandar merosi uchun uzoq kurashga olib keldi. Bu kurash bir necha o’n yillarga cho’zilib, juda ko’p qon to’kishlarga olib keldi. Iskandarning o’limi vaqtida makedon taxtiga qonuniyda’vogarlar yo’q edi: Iskandarning xotini so’g’d malikasi Roksana hali homilador edi. Pergamda Iskandarga asir tushgan fors satrapi Artabazning qizi Barsinadan 4 yoshli noqonuniy o’g’li Gerakl qolgan edi. Taxtga Filipp II ning noqonuniy o’g’li aqli zaif Arridey ham da’vo qilishi mumkin edi. Makedoniyada Iskandarning yaqinlari Roksana agar o’g’il tuqsa uni podsho deb e’lon qilish, uning go’dakligi davrida hokimiyatni tajribali sarkarda Perdikka boshchigidagi davlat kengashiga topshirish kerak deb hisobladilar. Harbiy boshliqlar va saroy ayonlarining boshqa bir guruh Arridey nomzodini yo’qlab chiqdilar. Obro’li lashkarboshi Nearx makedon taxtiga birdan-bir da’vogar Gerakl bo’lishi mumkin deb hisobladi. Iskandarning safdoshi, lashkarboshi Ptolemey boshchiligidagi yana bir guruh podshoni saylash kerak emas, chunki Iskandarni o’g’illarining onalari Sharq ayollari, uning asiralaridir, oqibatda bunday da’vogarlarni taxtga chiqarish hamma vaqt noqonuniy bo’ladi deb hisobladilar. Taxt vorisi to’g’risidagi munozaralar natijasida Perdikka regentligi bilan Filipp II ning noqonuniy o’g’li Arrideyni podsho deb e’lon qilish bilan tugadi. Xuddi shu vaqtda Iskandarning bevasi Roksana o’g’il tug’di va unga Iskandar deb nom qo’yildi. Makedon taxtiga birdaniga Arridey Filipp III nomi bilan Roksananing o’g’li Aleksandr IV nomi bilan podsho deb e’lon qilindi. Osiyodagi qo’shinlar qo’mondonligini o’ziga olgan Perdikka yana regent etib tayinlandi, shunday qilib u Iskandar davlatining amaldagi hokimiga aylandi. Iskandarning vafotidan keyin amalda yagona davlatning oliy hokimi bo’lgan Perdikka Bobilda makedon podshosining eng yaqinlari o’rtasida satrapliklarni taqsimlagan edi. Yunoniston va Makedoniya Antipatrga, Frakiya Lisimaxga, Misr- Pitolomeyga, Kappadokiya va Paflagoniya-Yevmenga, Gellesfont Frigiyasi- Leonardga, Buyuk Frigiya- Antigonga, SuriyaLaomedontga, Midiya-Pifonga berildi. Barcha yangi saylangan hokimlar o’z qo’shinlari bilan o’z mulklariga jo’nab ketdilar. Iskandarning aynan ana shu sobiq safdoshlari (diadoxlar) Iskandar merosi uchun qonli kurashni boshladilar.



  2. Yüklə 0,72 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin