13
Chaqalog‘ingiz o‘sib borgani sari uning oshqozoni ham o‘sib boradi . Bu yerda chaqalog‘ingizning
oshqozoni turli yoshlarda sig‘dira oladigan sut miqdorlari keltirilgan:
Ko‘krak suti chaqaloqlar uchun ozuqaviy aralashma bilan bir xilmi?
Yo‘q . Ko‘krak suti o‘ziga xos va u chaqalog‘ingizning barcha ehtiyojlariga javob beradi . Va chaqaloqlar
uchun ozuqaviy aralashmadan farq qilib ko‘krak suti chaqalog‘ingiz o‘sib borishi bilan o‘zgaradi — shuning
uchun u chaqalog‘ingizga har oziqlanishda aynan kerak bo‘ladigan narsalar bilan ta’minlaydi . Ko‘krak
suti bilan boqilgan chaqaloqlarning yana infeksiya yuqtirishlari va astma, ayrim saraton kasalliklari,
diabet va go‘daklarning to‘satdan o‘lish sindromi (SIDS) kasalliklari bilan og‘rish ehtimoli kamroq bo‘ladi .
Chaqaloqlar uchun ozuqaviy aralashma aynan shunday himoya bilan ta’minlamaydi .
Ko‘krak suti bilan emizish vaqtida ovqatlanish odatlarimni ham o‘zgartirishim kerakmi?
Yo‘q . Yetarlicha ko‘krak suti hosil qilish uchun boshqacha ovqatlanishingiz shart emas . Sog‘lom taomlar
iste’mol qilish siz uchun doimo foydali, biroq taomnomangiz eng yaxshi darajada bo‘lmasa ham ko‘krak
sutingiz baribir chaqalog‘ingiz uchun eng yaxshisidir .
Dostları ilə paylaş: