Ko‘krak suti bilan emizish ko‘kraklarimga zarar yetkazadimi?
Yo‘q . Ko‘kraklar homiladorlik vaqtida o‘zgarmagani holda ular odatda ko‘krak suti bilan boqish
yakunlanganidan keyin o‘zlarining asl ko‘rinishlariga qaytadi . Yoshingiz o‘tishi bilan ko‘kraklaringiz o‘z
shakllarini yo‘qota boradi, biroq ko‘krak suti bilan boqish buni yomonlashtirmaydi . Ayniqsa homiladorlik yoki
emizish vaqtida ushlab turuvchi siynaband taqib yurish orqali yaxshi shaklini saqlab qolishingiz mumkin .
Ko‘krak suti bilan emizish vaqtida homilador bo‘lishim mumkinmi?
Ha . Ko‘krak suti bilan emizish vaqtida ham homilador bo‘lishingiz mumkin . Homiladorlikning oldini
olish uchun xavfsiz va samarali tug‘ishni boshqarish usulidan foydalaning . 311 raqamiga qo‘ng‘iroq
qiling va Sog‘liqni saqlash boshqarmasidan "Tug‘ishni boshqarish: Siz uchun eng yaxshisi nima" nomli
broshyurani so‘rang .
Ko‘krak suti bilan emizish vaqtida jinsiy aloqa qilsam bo‘ladimi?
Ha . Biroq ko‘pchilik sog‘liqni saqlash muassasalarining tug‘ruqdan keyingi tibbiy tekshiruvgacha,
tug‘ishdan taxminan olti hafta o‘tgunicha jinsiy aloqa (bachadon yoki anal) qilmay turishni tavsiya
qilishlarini yodda tuting . Ayrim hollarda jinsiy aloqa vaqtida ko‘kraklardan sut oqib ketadi; bu oddiy
holat va bundan xavotirlanishning keragi yo‘q . Yana ayrim ayollarda chaqaloq tug‘ilganidan keyin jinsiy
aloqaga bo‘lgan qiziqish kamroq bo‘ladi .
Bir kunlik:
har oziqlantirishda ¼ unsiya (5–7 ml)
= 1–1 ½ choy qoshiq
Uch kunlik:
har oziqlantirishda ¾–1 unsiya (22–27 ml)
= 4 ½–5 ½ choy qoshiq
O‘n kunlik:
har oziqlantirishda 2–2 ¾ unsiya (69–81 ml)
= 13–16 choy qoshiq
|