Microsoft excel dasturida formulalar bilan ishlash



Yüklə 92,5 Kb.
səhifə1/6
tarix04.07.2023
ölçüsü92,5 Kb.
#135675
  1   2   3   4   5   6
MS Excelda formulalar bilan ishlash


Mavzu: MS Excelda formulalar bilan ishlash

Reja:




    1. Formulalar. Formulalarni qo`yish.

    2. Ro`yxatdagi ma`lumotlarni tashkil qilish

    3. Ishchi kitoblarini tasvirlash

    4. Diagrammalarning asosiy elementlari.

    5. Exselni sozlash.



1. Formulalar. Formulalarni qo`yish.

Formula ishchi varag`ida ma`lumotlarni qayta ishlashning muhim vositasidir.


Formula yozishning qoidasi. Formulaga quyidagi elementlar kirishi mumkin: operatorlar, funktsiyalarning nomlari, yacheykaning adresi. Formulalarni yozish har doim "q" belgi bilan boshlanadi, keyin formulalarning boshqa elementlari yoziladi. Masalan: қSUMM (Al, A2) -ikki A1 va A2- yacheykalar adresi, ya`ni yig`indisini topish kerak bo`ladi. Ta`kidlash kerakki, funktsiyaning argumentlari har doim doiraviy qavslarda joylashadi, bo`lish uchun "," dan foydalaniladi. Boshqa yozuv ham bo`lishi mumkin қA1қA2.
Aytish lozimki, yacheykalar adresini yozish faqat lotin alfavitining harflari bilan bajariladi.
Formula yozishda ishlatiladigan belgilar: "Қ" - yig`indi, "-" - ayirma, "Ғ" -bo`linma, "*" - ko`paytma.
Formulalarga misollar: қ(B1ҚA11)*D6Қ106 yoki
қPROIZVED(Dll,U3)Қ34,5. Birinchi holda ko`paytma uchun operator belgisi ishlatiladi "*", ikkinchi holda ko`paytmani joylashtirish uchun PROIZVED funktsiyasi ishlatiladi.
Funktsiyaning nomi har doim bosh harflar bilan belgilanadi. Formulada argumentlar sifatida ishlatiluvchi kataklarda berilgan qiymatlarning o`zgarishi ma`noning o`zgarishiga olib keladi.
Bu mashg`ulotda ko`proq amaliyotga e`tibor berish darkor. Shuning uchun bir necha amaliy mashg`ulotlarni taklif etamiz.
Izoh: qo`shuv argumentlari joylashgan katakni ajratish, Avto yig`indining natijasi uchun yana bir bo`sh joy, Avto yig`indi tugmasini bosish yoki ALTQq. Kataklar ustida joylashgan formulalarga ahamiyat berish kerak. Avvalgi ma`ruzalarda aytilgan hamma operatsiyalar berilganlar katagi ustida bajariladi (nusxalashtirish, uzatish, formatlashtirish va boshqalar).
EXCEL hujjatini chop etish:
Shuni aytish kerakki, asosiy chop etish jarayoni WORD hujjatini chop etishga o`xshaydi. EXCEL hujjatini chop etishning o`ziga xos xususiyatlari haqida ham gapirish foydalidir.
2. Ro`yxatdagi ma`lumotlarni tashkil qilish va tekshirish

Ro`yxat o`xshash ma`lumotlardan iborat ishchi varag`idagi ketma-ketlikdir. Masalan, firma mijozlari telefon nomerlari yoki hisob raqamlari yozilgan ketma-ketlik. Ushbu mashg`ulotda ko`plab ro`yxatlarni o`quvchilarning o`zlaridan ham foydalanib keltirish mumkin. Bu ro`yxatlar ma`lumotlar bazasi bo`lib ham xizmat qiladi. Masalan, agar o`quvchilar telefon nomerlarini tuzgan bo`lsalar, familiyalar ustuni, yozuvlar maydoni, telefon nomeri, yozuv, ustunlar belgisi (metka) maydon nomi desa bo`ladi. Ro`yxatlar ustida quyidagi amallarni o`tkazish mumkin:


- izlash;
- saralash;
- yakunlash;
- ro`yxatdagi ma`lumotlarni filtrlash.
Bu erda shuni ta`kidlash lozimki, EXCEL bu amallarni bajarayotganida, ro`yxatni ma`lumotlar bazasi sifatida tushunadi. Ro`yxat bilan ishlash izlash, saralash va turli ma`lumotlar bilan ishlashni birmuncha engillashtiradi.
Ro`yxat bilan ishlashni tashkil etish.
Ma`lumotlar formasi yordamida ro`yxatlarni kiritish (o`quvchilarning o`zlari tuzgan telefon ro`yxati asosida bo`lsa yaxshi bo`lardi). Ma`lumotlar formasi ("Ma`lumotlar" menyusidagi forma buyrug`i) ro`yxatdagi yozuvni osonlik bilan ko`rish, unga qo`shimchalar kiritish va shu bilan birga ma`lum belgi bilan yozuvni qidirish imkonini beradi. Mazkur buyruqlarni bajarish davomida ekranda ma`lumotlar formasining muloqot oynasi chiqadi. Ma`lumotlar esa birin-ketin kiritiladi. Ma`lumotlar oynaga kiritilgach, mos ravishda yacheykadagi ro`yxat o`zgaradi.
Bu erda shuni alohida aytish kerakki, mazkur buyruqlarni ishlatish vaqtida albatta ustunlarning belgisi bo`lishi shart. Yozuvlarga qo`shish uchun yozuv qo`shilishi kerak bo`lgan ro`yxat yacheykasi tanlanib, so`ng "Ma`lumotlar" menyusidan "Forma" buyrug`i tanlanadi, "Tuzatish" tugmasi bosiladi. Yangi yozuvni qo`shish uchun ma`lumotlar kiritilgandan keyin ENTER ni bosish kifoya. Ishni tugatish uchun "Yoping" tugmasi bosiladi.
Ro`yxatdagi yozuvlarni ko`rib chiqish uchun ro`yxatdagi yacheykani tanlash, "Ma`lumotlar" menyusidan "Forma" buyrug`ini tanlash, ro`yxat bo`yicha harakatlanish uchun "Navbatdagi" tugmasini bosish, ro`yxat bo`yicha yurish uchun "Avvalgisi" tugmasini bosish, ko`rishni tugallash uchun "Yoping" tugmasi bosiladi.
Yozuvni yo`qotish uchun ro`yxatdan yacheykani tanlash, ma`lumotlar" menyusiga "Forma" buyrug`ini chiqarish va "Yo`qotish" tugmasini bosish kerak. Yo`qotishni OK tugmasini bosish bilan tasdiqlang.
Ma`lumotlar formasi yordamida yo`qotilgan ma`lumotlar qayta tiklanmaydi. Ro`yxatdagi yozuvni izlash uchun ro`yxatdagi yacheykani tanlab, "Ma`lumotlar" menyusidan "Forma" buyrug`ini tanlash, "Me`yor" tugmasini bosib, tahrirlash maydonida me`yor shartlarini kiritish lozim. Ro`yxat bo`yicha oldindan izlash uchun "Navbatdagi" tugmasini, ro`yxat bo`yicha ilgarigi ro`yxatni qidirish uchun "Avvalgisi" tugmasini, boshqa izlashni tashkil etish uchun "Tozalash" tugmasini bosing. Ishni tugatish uchun esa "Yoping" tugmasini bosing.
Ro`yxat bo`yicha saralash va filtrlashtirishni tashkil etish. Saralashni uyushtirish uchun maydon belgilarga ega bo`lishi kerak. Saralash yordamida ro`yxatdagi qatorlarni tartiblashtirish mumkin. Masalan, savdo xaqida ma`lumotlar tuzish, tovarlar soni, tovarning buyurtma qilingan kuni va boshqalar. Ana shu tovarlarning kamayish tartibi, sotilish hajmini "Ma`lumotlar" menyusidagi "Saralash" buyrugi orqali bajarish mumkin.

EXCEL da saralash uchun quyidagilar ishlatiladi:


- agar saralashtirish bir ustun bo`yicha qilinayotgan bo`lsa, bu ustunning bir xil ma`nodagi qatorlarining avvalgi tartibi saqlanadi;
-ustundagi tartiblashtirishda hosil bo`layotgan qatorning bo`sh yacheykalari tartiblashtirilgan ro`yxatning oxirida joylashadi.
Ro`yxatni saralash usullari "Saralash" buyrug`idan foydalanib, quyidagicha amalga oshiriladi: ro`yxatdan bir yacheykani ajratib, "Ma`lumotlar" menyusidan "Tartiblash" buyrug`i tanlab olinadi. Ustun yoki ustunlarda saralash chog`ida hal qiluvchisi tanlanib, har bir ustun uchun saralash tartibi beriladi. Agar lozim bo`lsa, o`sish yoki kamayib borish Saralash tartibi ko`rsatiladi (yuqoridan pastga -ustunlar bo`yicha tartiblash, chapdan o`ngga - qatorlar bo`yicha tartiblash. O`sish bo`yicha "Tartiblash" buyrug`i OK orqali amalga oshiriladi).
Ro`yxatdagi ma`lumotlarni filtrlash (ro`yxatda albatta ustun belgisi bo`lishi kerak).
Bir necha sonli yozuvlarni qayta ishlash ro`yxatda ma`lumotlarni qandaydir shart bo`yicha topish imkonini beradi. Filtr qo`llanilgach, ekranda ma`lum shartlarga javob beruvchi qatorlargina qoladi, kerakmas qatorlar "yashirinadi" (shu jarayonni kompyuterda o`quvchilarga ko`rsatish maqsadga muvofiqdir).
Ma`lumotlarni EXSELda filtrlash uchun Avtofiltr buyrug`i ishlatiladi. Avtofiltr tugmalari (strelkali tugmalar) yordamida ekranga chiqarish lozim bo`lgan ro`yxat elementlari tanlanadi. Masalan, ekranga hamma qatorlarni chiqarish mumkin. Avvalgi misollarda ko`rganimizdek, sotuv hajmi bo`yicha 50 ustun. Shuni aytish kerakki, filtrlash rejimida EXCEL buyruqlari faqat ko`rinadigan yacheykalarga ta`sir qiladi. Masalan, filtrdan so`ng, filtrlangan qatorlarni ajratish va ularni boshqa joyga qo`yish mumkin. Filtratsiya rejimida Avtoyig`indi tugmasi faqat ko`rinadigan yacheykalarnigina hisoblaydi, filtr o`zgarganda yig`indi ham o`zgaradi. Yacheykalarni formatlash buyruqlari faqat ko`rinadigan yacheykalarga ta`sir ko`rsatadi. Faol yacheykalar bilan ishlash (tozalash, nusxalash, yo`qotish, o`rnatish buyruqlari) faqatgina ko`rinadigan yacheykalar bilan, hatto chop etish ham ko`rinadigan yacheykalar uchun amalga oshadi.
Ruyxatda filtrlashni o`rnatish:
- filtrlanayotgan ro`yxat yacheykasi ajratiladi;
- "Ma`lumotlar" menyusidagi "Filtr" buyrug`ini ajratib, so`ng Avtofiltr buyrug`i beriladi;
- filtrlanishi lozim bo`lgan ma`lumotlar joylashgan ustunga strelka olib kelinadi. Avtofiltr ro`yxati ochiladi. Mos qatorlar bo`yicha chiqarish kerak bo`lgan elementni ajratish lozim. Agar hamma amallar to`g`ri bajarilsa, ekranda faqat siz filtrda ko`rsatgan qatorlar qoladi.
Filtrni bekor qilish:
- filtrlashni ustun bo`yicha bekor qilish uchun ro`yxatdagi qatorni tanlash;
- ro`yxatdagi avtofiltrni bekor qilish uchun "Ma`lumotlar" menyusidan kerakli "Filtr" buyrug`ini tanlab, so`ng Avtofiltrni tozalash lozim.
Ruyxatdagi ma`lumotlar natijasini chiqarish:
Ro`yxatdagi ma`lumotlarni tahlil qilish qayta ishlash uchun muhim vositadir. "Ma`lumotlar" menyusidagi "Yakunlash" buyrug`i yordamida ro`yxat yakunini barcha ma`lumotlar bilan yig`ish mumkin. Bu amalni o`qituvchi o`quvchilar bilan bevosita amaliy mashg`ulotlarda bajarishini tavsiya etamiz.

Ma`lumotlar ro`yxatida avtomatik natijalarni chiqarish quyidagicha:


- ro`yxatni ustun bo`yicha saralab, ma`lumotlar saqlanadigan natijalar chiqariladi;
- bu ro`yxatda yacheykani tanlash;
- "Ma`lumotlar" menyusiga natijalar buyrug`ini tanlash;
- ochilgan ro`yxatda "Har bir o`zgatirishda": ustunni tanlash, rypyhni tashkil etuvchi natija chiqariladigan yoki jim turish taklifiga rozi bo`lish. Agar bu erda qo`shimcha shartlar kompyuterga berilmasa, hammasi "Jim turib" amalga oshiriladi.
-OK ni bosish.



Yüklə 92,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin