Interfaol metod texnologiyasining mohiyati o’quvchilarning ijodkorligiga tayanish va darsda erkin bahs-munozara sharoitini tug’dirishdan iboratdir. Bu metodikaga ko’ra darslar bir necha bosqichga bo’linadi:
1.Chaqiriq bosqichi. Bu bosqichda o’quvchilarni faollashtirish, mavzuning mazmun-mohiyatiga kirib borish, uni anglab yetish jarayoniga tayyorlash nazarda tutiladi.
2. Fikriy hujum. Bu usul darsning boshlanishida yoki istalgan o’rnida qo’llanilishi mumkin. Bu bosqichda muammo o’quvchilarga fikriy hujum yo’li bilan beriladi va ularning fikrlari orqali olinadi.
3. Anglash bosqichi.Mavzuga oid xulosaviy fikrlar eshitiladi va o’qituvchi tomonidan yangi fikrlar bilan to’ldiriladi.
4. Fikrlash bosqichi. Mavzu yuzasidan o’zlashtirilgan bilim va tushunchalarni qisqa jumlalarda yozma ravishda bayon qilish topshiriladi. Bu topshiriqni bajarish uchun sinf guruhlarga bo’linadi. Har bir guruh topshiriq bo’yicha o’z fikrini yozadi va har bir guruh vakili bajarilgan topshiriqni boshqalarga ma’lum qiladi.
Guruhlar bilan ishlash faqat fikrlash bosqichida emas, balki birinchi bosqichdan boshlab yo’lga qo’yilishi mumkin. O’quvchilarni guruhlarga bo’lib ishlash uchun quyidagi talablarga amal qilish zarur:
1. Guruhlarga ajratish o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. 2. Har bir guruhga rahbar tayinlanadi. 3. Har bir guruhdagi o’quvchilar bilim darajasining teng bo’lishiga erishish kerak. 4. Odatda, guruhning doira shaklida o’tirishini ta’minlash lozim. 5. Ish jarayonida har bir guruhning faoliyatiga, g’oyalariga e’tibor beriladi.Bulardan tashqari guruhlarga aniq yo’l-yo’riq ko’rsatish, topshiriqlarni bajarish uchun yetarli vaqt ajratish, kuchli guruhlarni rag’batlantirib borish, ishning natijasini baholash kabilarga ham ahamiyat berish muhim hisoblanadi.
2.1. “Ms Excelda diagrammalar, funksiya grafiklari” modulini o’qitishdagi innovatsiyalar va ilg’or xorijiy tajribalar Diagrammalar tarkibi
Diagramma quyidagi elementlardan iborat
Diagrammaning joylashuvi;
Diagramma sharhi;
Sharh elementlari;
Ko’rsatkichlar o’qlari;
Kategoriyalar o’qlari;
Ko’rsatkichlar o’qlarining sarlavhasi;
Kategoriyalar o’qlarining nomlari;
Diagrammalar sarlavhasi.
O‘qituvchi ta’lim jarayonida interfaol ta’lim yordamida o‘quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik, o‘z-o‘zini nazorat, o‘z-o‘zini boshqarish, samarali suhbat olib borish, tengdoshlari bilan ishlash, ularning fikrlarini tinglash va tushunish, mustaqil hamda tanqidiy fikrlash, muqobil takliflarni ilgari surish, fikr-mulohazalarini erkin bayon qilish, o‘z nuqtai nazarlarini himoya qilish, muammoning echimini topishga intilish, murakkab vaziyatlardan chiqa olish kabi sifatlarni shakllantirishga muvaffaq bo‘ladi. Eng muhimi, interfaol metodlarni qo‘llash orqali o‘qituvchi o‘quvchilarning aniq ta’limiy maqsadga erishish yo‘lida o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatlarini tashkil etish, yo‘naltirish, boshqarish, nazorat va tahlil qilishorqali xolis baholash imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
Zamonaviy pedagogik texnologiya izchil va ketma-ket amaliy faoliyatga, ta’lim-tarbiya jarayoniga avvaldan rejalashtirilgan maqsadni amalga oshirishga hamda ma’lum modulni pedagogik tizim amaliyotida qo’llashdir. Zero, u ommaviy ta’lim sharoitida davlat ta’lim standartlari talablari darajasida kadrlar tayyorlashni ta’minlaydi.
Bugungi kunda ilg’or ta’lim texnologiyalari jadallik bilan rivojlanib, ta’lim tizimining barcha turlarida keng ko’lamda qo’llanilmoqda. Natijada o’quvchilarning ijodiy ishlashiga, dunyoqarashining kengayishiga katta imkoniyatlar yaratilmoqda. Umum ta’lim maktablari ham ilg’or ta’lim texnologiyalarining interfaol metodlaridan foydalanish yuqori samara bermoqda. Quyida mana shunday metodlarning (grafik organayzer shaklidagi) ba’zilari bilan tanishamiz.