“Nima uchun” organayzeri yoki grafik organayzer metodi O’quvchilarni jonlantirish maqsadida “Nima uchun?” texnikasidan foydalaniladi: “Nima uchun uyg‘onish davri ma’naviyati yurtimiz tarixidagi zarhal harflar bilan bitilgan ulkan xazina hisoblanadi?” deb savol bilan murojaat qiladi. Fikrlarni umumlashtirib, amaliy mashg‘ulotni boshlaydi.
Venn diagrammasi metodi.Bunda o’quvchilarda mavzuga nisbatan tahliliy yondashuv, ayrim qismlar negizida mavzuning umumiy mohiyatini o’zlashtirish ko’nikmalarini hosil qilishga yo’naltiriladi. Bu metod ta’lim oluvchilar tomonidan o’zlashtirilgan o’zaro yaqin nazariy bilimlar, ma’lumotlarni qiyosiy taxlil etishga yordam beradi. Bundan muayyan bilim yoki boblar bo’yicha yakuniy mashg’ulotlarni tashkil etishda foydalanish samaraliroq bo’ladi. “Venn diagrammasi” o’quvchilarda o’rganilayotgan obyyektlarning o’ziga xos (farqli) va o’xshash jihatlarini tahlil qilish malakalarini rivojlantiradi.
KLASTER METODI
Klaster qoidalari:
1. Aqliga kelgan so’zlarni, mazmunan o’ylamay yozib boriladi.
2. Grammatik va boshqa texnik xatolarga e’tibor berilmaydi.
3. So’zlar vaqt tugaguncha yozilaveradi. Agar aqlingizga fikrlar kelishi to’xtab
qolgan holda qog’ozga rasm chizing, qachon yangi fikrlar esga tushgunga qadar.
4. Fikrlar doirasi cheklanmaydi, ko’proq bir-biriga bog’liq so’zlar yoziladi.
E`TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT