Qaydlar va toʻgʻirlash kiritish uchun himoya(2003 va quyi versiyalar uchun). Yangi MS Word 2007/2010 versiyalarida bu himoya turi “Formatlash va tahrirlashni cheklash uchun himoya” deb nomlanadi.
MS Word versiyalaridan qatʼI nazar “hujjat oʻzgartirish uchun himoya” va “formatlash va tahrirlashni cheklash uchun himoya”ni hujjatdan darhol yoʻq qilish mumkin. Hujjatning haqiqiy himoyasini esa “hujjat ochish uchun himoya” taʼminlab beradi.
MS Wordning eski versiyalarida, hattoki Word 2003 da ham hujjat ochish uchun himoya muammosiz buzilishi mumkin.
MS Word 2007/2010 versiyalarida Microsoft 128 bit kalitli AES shifrlash algoritmini qoʻllamoqda. Bunda himoyani chetlab oʻtish nisbati tahminan nolga teng.
Kombinatsiyali amallar:
Kompyutеrda ishlash vaqtimizda har xil vaziyatlar boʻlishi mumkin. Shulardan eng koʻp uchraydigan bu sichqonchaning nosozligi. Foydalanuvchilarning katta qismi esa ushbu qurilma orqali asosiy amallarni bajarishadi, va shu sabali shunaqa vaziyatlarda ish toʻxtab yoki sеkinlab qoladi. Shunaqa vaziyatni yеchish uchun bizga tеzkor tugmalar yordam bеrishadi. Tеzkor tugmalar yordamida biz biror bir amallarni klaviatura yordamida tеzkor bajara olamiz. Shuning uchun ush bu tugmalarni bilish foydalanuvchilarga talab dеb qoʻyiladi. Quyidagi roʻyxatda asosiy tеzkor tugmalar koʻrsatilgan:
Ba'zi bir amallar:
Matnlarni kiritish uchun klaviaturada mavjud boʻlgan xarf va belgilardan foydalaniladi. Belgilar kiritilishi bilan ekrandagi kursor deb nomlanuvchi vertikal chiziq oʻng tomonga suriladi. Satrning oʻng chegarasiga etilgandan soʻng matn avtomatik ravishda keyingi satrga oʻtadi. Bosh xarflarni yozish uchun Caps Lock yoki Shift tugmasidan foydalanamiz. Klaviatura tugmalari bilan quyidagi amallar ham mavjud:
Backspase — Matnni oxirgi harfidan boshlab oʻchiradi
Delete — Matnni birinchi harfidan boshlab oʻchiradi
Insert — bu tugma yordamida qoldirib ketilgan belgilarni oʻrniga qoʻyish yoki ularni boshqa belgilar bilan almashtirish mumkin
Funksiоnаl klаvishlаr:
Word dasturida funksional tugmalar mavjud boʻlib, ular quyidagi vazifalarni bajaradi: F1 funktsiоnаl tugmаsi — bоsilsа, yordаmchi yoki mаʻlumоt оynаsi оchilаdi.