Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

Limit-zabor kartasi
korxonaning ishlab chiqarish yoki reja bo‘limi tomonidan yoziladi. 
Unda shu tsex yoki uchastkaga berilishi lozim bo‘lgan material ma’lum turining oylik cheklangan 
me’yori ko‘rsatiladi. Cheklangan me’yor tsex yoki uchastkaning ishlab chiqarish rejasi va shu tsex 
yoki uchastkada materiallarni sarflash me’yori asosida aniqlanadi. Limit kartasi ikki nusxada 
yoziladi, bir nusxasi omborga, ikkinchisi esa tsexga beriladi. Materiallar berilgandan so‘ng limit 
kartasining tsex nusxasiga imzo qo‘yadi, tsex xodimi omborchining nusxasiga o‘z imzosini qo‘yadi. 
Omborchi har bir operatsiyadan keyin foydalanilmagan limit qoldig‘ini hisoblab chiqadi. 
Limit yetmagan taqdirda limitdan tashqari materiallar xarajati talabnoma bilan rasmiylashtiriladi. 


Materiallarning sarflanishi bo‘yicha limitning shu tariqa belgilanishi me’yordan ortiqcha 
sarflar haqida korxona rahbarlariga o‘z vaqtida xabar qilish imkonini beradi. Limit kartalarining 
qo‘llanilishi hujjatlar sonini kamaytiradi va ularni qayta ishlashni yengillashtiradi. 
Materiallarning ichki ko‘chishida, ya’ni bir ombordan ikkinchi omborga, bir tsexdan ikkinchi 
tsexga berilganida hamda chiqindilar omborga qabul qilinganida 
qabul qilish yukxatlari
bilan 
rasmiylashtiriladi.
Ombor xodimlariga materiallarni boshqa hujjatlar bo‘yicha hamda turli xatlar, og‘zaki 
farmoyishlar asosida berish taqiqlanadi. 
8.3. Materiallarning ombordagi hisobini tashkil qilish 
Korxona omborida materiallarning but saqlanishini tashkil etish ularni to‘g‘ri hisobga olib 
borilishini ta’minlaydi. Shuning uchun ham ombor xo‘jaligi ishlarini tashkil qilishga muayyan 
talablar qo‘yiladi.
Korxona omborida materiallarni hisobga olishning to‘g‘ri tashkil qilinishi materiallarni 
hisobga olish usuliga, hisob ro‘yxati (registri)ning turiga, miqdoriga, foydalanilgan ko‘rsatkichlarga 
va ularning o‘zaro solishtirilishiga bog‘liq. 
Korxona ombori ixtisoslashtirilgan bo‘lishi kerak, chunki xilma-xil materiallarning kimyoviy 
hamda fizik xossalari ularni turli xil sharoitlarda saqlashni talab qiladi. Omborxona tegishli 
materiallar joylashtiriladigan stellajlar, tokchalar, shkaf va yashiklar bilan jihozlanishi lozim. 
Materiallarning har biriga ularning nomi, nomenklatura raqami, navi, o‘lchami, o‘lchov birligi 
ko‘rsatilgan yorliq yozilib, saqlash joyiga yopishtirib qo‘yiladi. 
Tez yonishga moyil bo‘lgan materiallar maxsus omborlarda saqlanishi lozim. Bu omborlar 
yong‘inga qarshi qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi shart.
Ochiq havoda saqlanishi lozim bo‘lgan materiallar omborxona hovlisida maxsus ajratilgan, 
yog‘ingarchilikdan saqlanadigan bostirmaga joylashtiriladi. Hamma omborxonalar tosh-tarozi, 
o‘lchov idishlari va boshqa shunga o‘xshash zarur moslamalar bilan ta’minlangan bo‘lishi shart. 
Ombor mudiri moddiy ma’sul shaxs hisoblanib, omborxonada saqlanayotgan hamma 
materiallar harakati faqat u orqali amalga oshiriladi. Omborchini ishga olish, boshqa lavozimlarga 
o‘tkazish va xizmat vazifasidan ozod qilish bosh buxgalter bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. 
Ombor mudirini ishga qabul qilishda uning to‘la ravishda shaxsiy moddiy javobgarligi haqida 
shartnoma tuziladi. Uni ishdan bo‘shatish saqlanayotgan mollarning to‘liq inventarizatsiyasi 
o‘tkazilib, javobgarligi ostidagi moddiy boyliklar boshqa shaxsga o‘tgandan keyingina amalga 
oshiriladi. 
Omborda materiallarning qoldiqlari to‘g‘risida to‘liq malumot olish maqsadida ularni alohida 
turlari, navlari, razmeri va nomenklatura raqamlari bo‘yicha hisobga olish zarur. 
Buxgalteriya hisobini tashkil qilishda materiallar bo‘yicha analitik hisobni to‘g‘ri yuritish 
muhim. Shu sababli ular hozirgi paytda uch xil usul bo‘yicha yuritiladi: 
1.
Materiallar harakatini hisobga oluvchi daftarda; 
2.
Materiallar harakatini yurituvchi kartochkalarda; 
3.
Operativ-buxgalterlik (qoldiq) usuli. 
Materiallarni to‘g‘ri hisobga olishda ularning faktura bahosini aniqlash muhimdir. Xalqaro 
buxgalteriya hisobi standartlari bo‘yicha materiallarni joriy hisobda hisobga olishda ularning haqiqiy 
qiymatini bilish juda muhim. Xalqaro savdo amaliyotidagi faktura bahosini aniqlashda moddiy 
qiymatliklar bahosi va qoplanadigan transport tariflari, yuklarning sug‘urta to‘lovlari, eksport 
soliqlari va bojxona yig‘imlarining malum tartibda qoplanishi va uni tomonlar qoplanishini belgilash 
zarur. 
Omborlarda materiallarning miqdor ko‘rsatkichlaridagi hisobi yuritiladi. Buning uchun 
materiallarning har bir turiga yoki nomenklatura raqamiga M-17 sonli tipik shakldagi varaqlar 
ochiladi. Ular material harakati bilan bog‘liq kirim va chiqim operatsiyalari bo‘yicha 
rasmiylashtirilgan boshlang‘ich hujjatlar asosida to‘ldiriladi va har bir kirim hamda chiqim 
operatsiyalari yozilgandan keyin material qoldig‘i aniqlanadi. Materiallarning ombordagi haqiqiy 
qoldig‘i meyordagi qoldiq bilan solishtiriladi va o‘rtadagi farqdan taminot bo‘limi xodimlari xabardor 


qilinadi. 
Kirim va chiqim operatsiyalari bo‘yicha kundalik rasmiylashtirilgan boshlang‘ich hujjatlar 
belgilangan muddatda korxona buxgalteriyasiga topshiriladi. 
Materiallarning ombordagi hisobi operativ buxgalteriya yoki boshqa usullar yordamida 
hisobga olinadi. Ushbu usullarning mohiyati shundan iboratki, bunda materiallarning ombordagi 
hisobi son shaklida, buxgalteriyada esa pul shaklida yuritiladi. Buxgalteriyada yuritiladigan hisob 
materiallarning harakati bo‘yicha omborda rasmiylashtirilgan boshlang‘ich hujjatlardagi 
malumotlarga asoslanadi. Omborlarda rasmiylashtirilayotgan boshlang‘ich hujjatlarning to‘g‘ri yoki 
noto‘g‘riligini buxgalteriya xodimlari belgilangan muddatlarda tekshirib boradi va yozuvlar 
to‘g‘riligi ombor varaqalarining «nazorat» bo‘limida imzo bilan tasdiqlanadi. Hisobot oyining oxirida 
ombordagi hisob buxgalteriyada yuritiladigan sintetik hisob malumotlari bilan taqqoslanadi. Buning 
uchun esa har bir ombor bo‘yicha qoldiq vedomosti yuritiladi. Vedomostda ombor varaqalari asosida 
material qoldig‘i yoziladi va u pul ko‘rsatkichiga aylantiriladi. Qoldiq vedomostidagi material 
qoldig‘ining umumiy summasi buxgalteriyada materiallar harakati bo‘yicha yuritiladigan 10-
vedomost malumotlari bilan solishtiriladi. Sonlarning to‘g‘ri kelishi hisobot oyi davomida omborda 
va buxgalteriyada yuritilgan hisobning to‘g‘riligidan dalolat beradi.

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin