Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Asosiy vositalar eskirishi, tugatilishi va hisobdan



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

9.4. Asosiy vositalar eskirishi, tugatilishi va hisobdan
chiqarilishi hisobi. 
Ishlab chiqarish jarayonida asosiy vositalar asta-sekin eskirib, o‘z qiymatini ishlab 
chiqarilayotgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar tannarxiga qisman o‘tkazilib boriladi. 
Asosiy vositalar eskirishi ikki xil: 
I. Jismoniy eskirish
II. Mahnaviy eskirish 
Jismoniy eskirish tabiiy o‘zgarishlar natijasida, mahnaviy esa texnika taraqqiyoti va mehnat 
unumdorligining o‘sishi natijasida sodir bo‘ladi. Eskirish summasi barcha turdagi asosiy vositalar 
bo‘yicha aniqlanadi va hisobga olinadi. Kutubxona fondlari, muzey buyumlari, sahna buyumlari, 
mahsuldor va ish hayvonlar bundan mustasno. 
Eskirish asosiy vositalarni to‘la tiklash uchun ajratiladigan amortizatsiya normalariga ko‘ra 
aniqlanadi va hisobda aks ettiriladi. Asosiy vositalarning amortizatsiyalangan qismini, yahni eskirish 
natijasida ularning qiymatini kamaytiradigan summani hisobga olish uchun 0200-«Asosiy 
vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar» mo‘ljallangan. Bu schyotlar passiv bo‘lib, 


tartibga soluvchi (regulirovka qiluvchi) kontraktiv schyotlar qatoriga kiradi va asosiy vositalarni 
baholashni tartibga solib turish uchun mo‘ljallangan. 
0200 schyot har oyda asosiy vositalarga eskirish hisoblanganda hamda ishlatishda bo‘lgan 
boshqa tashkilotlardan olingan asosiy vositalarning eskirish summasiga kreditlanadi. Asosiy 
vositalarning qoldiq qiymatini aniqlash uchun ularning 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi 
schyotlar»dagi qiymatidan 0200 schyotlarning kreditidagi qoldiq chegirib tashlanadi. 
Asosiy vositalar eskirishining sintetik hisobi 13-ASK jurnal-orderda, analitik hisobi esa ushbu 
jurnal-orderning «0200 schyotga analitik mahlumotlar» degan jadvalida yuritiladi.
Asosiy vositalarga eskirish hisoblash ularning yil boshiga bo‘lgan qoldiqlari va yil 
davomidagi o‘zgarishlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Yil davomida sotib olingan yoki 
qabul qilingan asosiy vositalar bo‘yicha eskirish summalari, olingan oydan keyingi oyning 1 
sanasidan boshlab hisoblansa, hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar bo‘yicha esa eskirish hisoblash 
keyingi oyning 1 sanasidan to‘xtatiladi. 
Tugallanmagan yoki qabul-topshirish dalolatnomasi bilan rasmiylashtirilmagan, lekin ayni 
paytda foydalanilayotgan kapital qurilish obhektlari bo‘yicha eskirish, foydalanib boshlangandan 
keyingi oyning 1 sanasidan boshlab, umumiy tartibda hisoblanadi va ularning eskirish summasi 
hisobda ko‘rsatilmaydi. Tugallanmagan yoki qabul qilish-topshirish dalolatnomasiga asosan qabul 
qilinmagan kapital qurilish obhektlari bo‘yicha eskirish hisoblashda, ushbu obhektlar yoki ularning 
bir qismi qiymati to‘g‘risidagi mahlumotnoma asos bo‘ladi. Mahlumotnomada ko‘rsatiladigan 
summa 0810-“Tugallanmagan qurilish” schyoti bo‘yicha aniqlanadi. Mazkur obhektlarni to‘liq 
foydalanishga qabul qilish va asosiy vositalar qatoriga qo‘shish to‘g‘risida dalolatnomani 
rasmiylashtirishdan oldin hisoblangan eskirish summalari aniqlanadi va ayni paytda shu 
obhektlarning foydalanib boshlangandan buyon eskirish summasi aniqlanib, hisobda aks ettiriladi. 
Asosiy vositalarni tuzatish hamda ular bekor turib qolgan vaqtda eskirish hisoblash to‘xtatilmaydi. 
Qiymati to‘liq amortizatsiya qilingan vositalar bo‘yicha eskirish hisoblanmaydi.
Asosiy vositalarga eskirish hisoblash va hisoblangan summani tegishli schyotlarga o‘tkazish 
har oyda amalga oshiriladi.
Xo‘jalikda, yil boshiga mavjud bo‘lshgan asosiy vositalarning yillik eskirish summasi 
asosiy 
vositalarning yil boshiga bo‘lgan ¦olati bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari ¦isob-kitobi
(59-shakl)ni 
tuzish yo‘li bilan aniqlanadi. Ushbu hisob-kitobda oylik eskirish summasi ham (yillik summani 12 ga 
bo‘lib) aniqlanadi. Aniqlangan summa yanvar oyi uchun eskirish summasi bo‘lib hisoblanadi. Fevral 
va keyingi oylar uchun eskirish summalarini aniqlashning, butun hisob-kitob qilib chiqishning hojati 
yo‘q. Asosiy vositalar tarkibida o‘tgan davrda (oyda) hisobga olish (taksirovka qilish) kifoya. Shu 
maqsadda 
kelib tushgan, chi¢ib ketgan asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini ¦isob-
kitobi
(60-shakl) tuziladi.
Avtomobil transporti uchun amortizatsiya ajratmalari 
avtomobil transporti bo‘yicha 
amortizatsiya ¦isob-kitobi
(AV-16 namunaviy shakl) asosida hisoblanadi.
Hisobot oyidagi amortizatsiya summasini, uni hisoblash va buxgalteriya hisobining tegishli 
schyotlariga taqsimlash uchun, yuqorida ko‘rib chiqilgan hisob-kitoblar asosida buxgalteriyada bir 
oy uchun amortizatsiya ajratmalari hisoblash vedomosti (62-shakl) tuziladi. Bu vedomostda eskirish 
summalari o‘simliklar va tugallanmagan ishlab chiqarish turlari o‘rtasida, shartli etalon gektarlarda 
va boshqa o‘lchovlarda bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
№5-“Asosiy vositalar” nomli BHMSning 23-24-moddalariga muvofiq quyidagi amortizatsiya 
hisoblash usullarini qo‘llash tavsiya qilinadi:
bir tekis (to‘g‘ri chiziqli) usuli; 
bajariladigan ishlar hajmiga mutanosib (ishlab chiqarish) usuli; 
kamayib boruvchi qoldiq usuli; 
asosiy vositaning qiymatini uning xizmat muddatini tashkil etuvchi yillar yig‘indisi 
bo‘yicha hisobdan chiqarish (kumulyativ) usuli. 
Yuqorida ko‘rsatilgan amortizatsiya hisoblash usullarini misollarda ko‘rib chiqamiz. 
Faraz qilaylik, avtomobilning dastlabki qiymati 1000000 so‘m, xizmat muddati 5 yil. 5 yillik 
xizmat muddati oxirida qoldiq qiymati 100 000 so‘m.



Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin