ular 81-«Foydadan foydalanish» yoki ___-«Maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan fondlar»
schyotining debetida olib boriladi. Yuqorida tahkidlab o‘tganimizdek, ijarachi uzoq muddatli
ijaraga olingan asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblaydi. Hisoblangan amortizatsiya ajratmalari
02-«Asosiy vositalarning eskirishi» schyotining 2»Uzoq muddatldi
ijaraga olingan asosiy
vositalar»subschyotining krediti va tegishli ishlab chiqarish va muomala xarajatlari schyotining
debetida aks ettiriladi. Agar ijarachi ijara muddati tugagandan so‘ng asosiy vositani ijaraga
beruvchiga qaytib berishi shart bo‘lsa, bunda u ijaraga olingan asosiy vosita qiymatini ijara
muddati davomida to‘liq qoplashga intiladi. Bunday hollarda jadallashtirilgan
amortizatsiya
metodini qo‘llash mumkin.
№
Muomala mazmuni
D-t
K-t
1
Moliyaviy lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni
korxongaga kirim qilish
0310
6810 va
7630
2
Moliyaviy lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vosita
ijarachining o‘z mulki tarkibiga o‘tkazilganda
0110-
0190
0310
Bir vaqtda eskirish summasiga
02900
0211-
0290
3
Moliyaviy lizing shartnomasi bo‘yicha
olingan asosiy vositalar
lizing beruvchiga shartnoma muddati tugamasdan qaytarilganda
Hisoblangan eskrish summasiga
0299
0310
-
obhektdan foydalanilganlik uchun lizing beruvchilga
to‘lanmagan summaning joriy qismiga
6810
0310
-
uzoq muddatli qismiga
7610
0310
Ijarachi uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositani ijara muddati tugamasidan sotib
olishi ham mumkin. Bunda to‘langan summa 51-«Hisoblashuv schyoti» yoki 52-«Valyuta
schyoti» schyotlarining krediti va 97-«Ijara majburiyatlari» schyotining debetida aks ettiriladi. Shu
bilan 97 schyot yopiladi, ijara majburiyatlaridan oshgan summa esa 03 schyotga o‘tkaziladi. Uzoq
muddatli ijaradagi asosiy vositalar sotib olinganidan so‘ng 01 schyoti debeti va 03 schyoti krediti
bo‘yicha xo‘jalikning o‘z asosiy vositalari qatoriga o‘tkaziladi. Shu bilan birga bular bo‘yicha
hisoblangan eskirish summasi 02 schyotining 2 «Uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar
eskirishi» subschyotining I «O‘z asosiy vositalarining eskirishi» subschyotiga o‘tkaziladi.
Uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalarni bepul qaytib berish hollarida ijarachida
03 schyot kredit va 02 schyot 2-subschyoti debetlanadi. Uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy
vositalar qiymatining to‘liq amortizatsiya qilinmagan qismi joriy yilning zarariga olib boriladi.
Bunda 80 schyot debet va 02 schyot 2-subschyot kredit bo‘ladi.
Uzoq muddatldi ijaraga olingan sosiy vositalarni hisobdan chiqarish ham 47-«Asosiy
vositalr realizatsiyasi va chiqarilishi» schyoti orqali amalga oshiriladi.
Yuqoridagi bayon qilinganlarni quyidagi misollar bilan ko‘rib chiqamiz:
Ijara shartnomasiga ko‘ra balans qiymati 120000 so‘mlik avtomashina 5
yil muddatga
ijaraga olingan. Bir yillik ijara to‘lovi 30000 so‘m, 5 yilga jami ijara haqi 150000 so‘mni tashkil
etadi. Birinchi to‘lov shartnoma tuzilgan paytda o‘tkaziladi. Beshta to‘lov summasini
avtomashinaning dastlabki qiymatiga tenglashtiruvchi stavka – 12,5% ekanligini nazarda tutib, har
yili to‘lanmagan summadan 12,5% ijaraga beruvchi foydasiga o‘tkaziladi. Avtomashina ijara
muddati tugaganidan so‘ng 8400 so‘mga sotib olinadi.
a) Ijarachining buxgalteriyasida:
1. Korxona qiymati 120000 so‘mlik avtomashina ijaraga olinadi.
Debet 03»Uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalari» schyoti
120000
Kredit 97»Ijara majburiyatlari schyoti
120000
2. Birinchi ijara to‘lovi to‘landi
Debet 97 «Ijara majburiyatlari» schyoti
30000
Kredit 76-«Turli debitorlar va kreditorlar bilan hisoblashuvlar» schyoti
30000
3. To‘lolvra bo‘yicha foiz ijaraga beruvchi foydasiga o‘tkazilgndi. 90000 so‘mdan 12,5% miqdorida
yahni 1125 so‘m
Debet 80»Foyda va zararlar» schyoti
11250
Kredit 76 «Turli debitorlar va kreditorlar bilan hisoblashuvlar» schyoti
11250
4. Dastlabki qiymati summasidan 20% miqdorda eskirish hisoblandi (120000 x20:100:12) 2000
Debet 20-“Asosiy ishlab chiqarish” schyoti
2000
Kredit 02 schyot “Uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar” subschyoti
2000
Ijaraning keyingi yillarida ham ijaraga beruvchi foydasiga ijara to‘lovi,
foizlar va
shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa to‘lovlarni hisoblashda shunga o‘xshash provodkalar tuziladi.
5. Shartnomaga muvofiq ijara muddati tugagandan so‘ng avtomashinani ijarachi 8400 so‘mga sotib
olishi kerak.
Debet 03 “Uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar” schyoti
8400
Kredit 51 – “Hisoblashuv” schyoti
8400
6. Ijaraga beruvchi bilan to‘liq hisoblashilganidan so‘ng avtomashina ijarachining o‘z mablag‘lari
qatoriga o‘tkazilida.
To‘liq qiymatiga
Debet 01 “Asosiy vositalar”
128400
Kredit 03 “Uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar” schyoti
128400
Bir vaqtning o‘zidja hisoblangan eskirish summasiga
Debet 02 schyoti 2 “Uzoq muddatli ijarga olingan asosiy vositlar eskirishi”
subschyoti
120000
Kredit 02 schyot 1 “O‘z asosiy vositalarining eskirishi” subschyoti
120000
b) Yuqorida muomalalar ijaraga beruvchi buxgalteriyasida quyidagicha aks ettiriladi.
I. Balans qiymati 120000 so‘mlik avtomashina 150000 so‘mlik ijara to‘lovi olish maqsadida ijaraga
beriladi.
Debet 09 “Kelib tushadigan ijara majburiyatlari” schyoti
150000
Kredit 01 “Asosiy vositalar” schyoti
130000
Kredit 83 “Kelgusi davr daromadlari” schyoti
20000
2. Birinchi ijara to‘lovi to‘langanda
Debet 76 “Turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar” schyoti
30000
Kredit 09 “Kelib tushadigan ijara majburiyatlari” schyoti
30000
3. Shu hisoblangan summa ijaraga beruvchining hisoblashuv schyotiga kelib tushadi
Debet 51 “Hisoblashuv” schyoti
30000
Kredit 76 “Turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar” schyoti
30000
4. Birinchi yil o‘tgandan so‘ng tugallanmagan summa hisobidan foiz hisoblandi
(120000-30000)x12,5:100q11250
Debet 83 “Kelgusi davr daromadlari” schyoti
11250
Kredit 80 “Foyda va zararlar” schyoti
11250
5. Ikkinchi yil boshida 30000 so‘mlik ijara to‘lovi va yil oxirida qoplanmagan summadan
foiz hisoblandi 90000-(30000-11250_x12,5:100q8906
a)
Debet 76 “Turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar” schyoti
30000
Kredit 09 “Kelib tushgan ijara majburiyatlari schyoti
30000
b) Ijara uchun foiz hisoblanganda
Debet 83 “Kelgusi davr daromadlari” schyoti
8906
Kredit 80 “Foyda va zararlar” schyoti
8906
Qolgan uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi yillarda ham shunga o‘xshash provodkalar tuziladi.
6. Beshinchi yil oxirida, yahni ijara muddati tugagandan so‘ng avtomashina ijaraga 8400
so‘mga sotiladi.
Debet 76 “Turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar” schyoti
8400
Kredit 47 “Asosiy vositalar realizatsiyasi va chiqarilishi” schyoti
8400
Ushbu summa ijaraga beruvchining hisoblshauv schyotiga kelib tushganda
Debet 51 “Hisoblashuv schyoti”
8400
Kredit 76 “Turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar” schyoti
8400
Uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar analitik hisobini ham o‘z asosiy vositalari
kabi inventar kartochkalarda yuritish maqsadga muvofiqdir. Bunda inventar kartochkalar ijara
shartnomalari va asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish aktiga asosin to‘lg‘aziladi. Sintetik
hisob esa 13 ASK jurnal-orderda 03 schyot uchun alohida bo‘lim ajratib yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: