Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Asosiy vositalar inventarizatsiyasi va uning natijalarini



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

9.6. Asosiy vositalar inventarizatsiyasi va uning natijalarini
rasmiylashtirish. 
Inventarizatsiyaning asosiy maqsadi korxonaning asosiy vositalarini xaqiqiy mavjudligini 
va sifat xolatini aniqlash, texnik xujjatlarini (pasporti, tavsifi, loyixasi va sh. k.) tekshirish, 
buxgalteriya mahlumotlarini aniqlashdan iborat. 
Asosiy vositalar inventarizatsiyasi 5 va 19 BHMS bo‘yicha amalga oshiriladi. 5-BHMS 
belgilashi bo‘yicha asosiy vositalarning haqiqiy mavjudligini va ularning butligini nazorat qilish 
maqsadida ular sub’ektlar tomonidan vaqti-vaqti bilan, lekin kamida ikki yilda bir marta 
inventarizatsiya qilinadi.
Inventarizatsiya korxona rahbarining bo‘yrug‘i bilan tayinlangan komissiya tomonidan 
amalga oshiriladi. Asosiy vositalardan to‘g‘ri foydalanish va saqlanishini tekshirish ham 
komissiyaning vazifasiga kiradi. U korxonaga kerakli bo‘lgan obhektlarni, ular bo‘yicha alohida 
vedomost tuzish kerak. Inventarizatsiya o‘tkazish natijasi bo‘yicha inventarizatsiya – 1 shaklida 
inventarizatsiya ruyxati tuziladi. Bu shaklni quyida keltiramiz: 
Inv – 1shakl 
1 – sonli asosiy vositalar inventarizatsiya ruyxati. 
Asosiy vositalar – binolar, stanoklar va asbob uskunalar. 
Joylashagan joy – 01 – tsex. 
Tilxat 
Inventarizatsiyaning boshlanish vaqtiga qiymatliklar bo‘yicha barcha kirim va chiqim xujjatlari 
buxgalteriyaga topshiriladi va mening (bizning) mashuliyatimga qabul qilingan barcha 
qiymatliklar kirimga solingan chiqib ketgani – xarajatga utkazilgan. 
Moddiy javobgar shaxs: Xakimov 
Sex boshlig‘i Bokiev, tsex boshlig‘i Rasulov, tsex boshlig‘i Gubanov. 
lavozimi familiyasi 
102-sonli buyruqqa asosan 
20 oktyabr 21 oktyabr «_______»______ 
200___yil 200_____yil 200______yil 
01-schyotida quyidagi sana xolatiga bo‘lgan xaqiqiy qoldig‘i ko‘chirib yozildi. 
200____yil 1 noyabrga 
200____yil 1 noyabrga 
_________«___»________ 
1-inv. shaklining 2 va 3-betlari 
Inven-tar 
nomeri 
1025 
Nomi va qisqacha 
tahrifi
Sex binosi
Tokar stanogi 
T-19 
va h.k 
Jami 
Chiqa-
rilgan 
yili 
1980 
1984 
200___y. 1 noyabrga xisobdagisi 
Haqiqiy borligi 
buxgalteriya 
xisobi 
mahlumoti bo‘yicha 
Soni
Dona 
qiymati 
so‘m 
soni
dona 
qiymati 
so‘m 

200000 

200000 

18000 

18000 
70 
500000 
70 
500000 


Inv.-1 shaklining 4-beti 
200__yil 1-noyabrga hisobdagisi 
Hisob-
dan 
chiqa-
rilgan-
ligi 
to‘g‘ri-
sida 
belgi 
200___yil 1-noyabrga hisobdagisi 
Hisob-
dan 
chiqa-
rilgan-
ligi 
to‘g‘ri-
sida 
belgi 
Haqiqiy borligi 
Buxgaletriya 
xisobi bo‘yicha 
haqiqiy borligi 
buxgaletriya 
xisobi bo‘yicha 
Soni, 
Dona 
qiy-
mati, 
so‘m 
soni, 
dona 
qiy-
mati, 
so‘m 
soni, 
dona 
qiy-
mati, 
so‘m 
soni, 
dona 
qiy-
mati, 
so‘m 

200000 1 
200000 

1200 

1200 
Ro‘yxat bo‘yicha jami: 
a)tartib nomeri 
etmish 
______________ 
so‘z bilan 
b)summasi, so‘m 
besh yuz ming . 
so‘z bilan 
Komissiya raisi: 
zavod direktorining yordamchisi Soy 
Lavozimi, F.I.O. imzo 
Komissiya ahzolari: 
bosh buxgaletr yordamchisi Shashmatova T.V. 
tsexning katta injeneri Tumanskaya Z.D. 
Mazkur inventrizatsiya ro‘yxati 1 dan to 70 gacha nomlangan qiymatlar mening oldimda (bizning 
oldimizda) komissiya tomonidan natura shaklida tekshirildi va ro‘yxatga olindi, shu munosabat 
bilan inventraizatsiya komissiyasiga dahvoim (dahvoimiz) yo‘q. Ro‘yxatda keltirilgan 
qiymatliklar mening (bizning) mahsuliyatimida (mahsuliyatimizda) turibdi. Moddiy javobgar 
shaxs (shaxslar) Xakimov. 
200____yil 30 oktyabr 
Mazkur ro‘yxatdagi mahlumotlar va xisoblashlar 200__ yil 3 noyabrda tekshirildi. 
Material bo‘limning buxgalteri____________________ 
imzo 
Bu shaklning 4-beti uch marta takrorlanadi, chunki mazkur ro‘yxatdan uch marta takrorlanadi. 
chunki mazkur ro‘yxatdan uch marta inventarizatsiya o‘tkazishda foydalanish mumkin. 
Inventarizatsiya boshlandi 200_____________________yil 28 
Inventarizatsiya tugutildi 200_____________________yil 30 
Mazkur asosiy vositalarning inventarizatsiya ro‘yxati asosiy vositalarning saqlanishi uchun 
mahsuliyatli lavozimli shaxslar va xar bir qiymatliklarning joylashgan joylari bo‘yicha komissiya 
tomonidan bir nusxadan tuziladi. Ro‘yxat komissiya va moddiy javobgar shaxs tomonidan
imzolanib, buxgalteriyaga beriladi. Asosiy vositalarni har yili inventarizatsiya qilishda 
buxgalteriyaning ish xajmini kamaytirish maqsadida inventarizatsiya ro‘yxati inventarizatsiya 
mahlumotlarini uch sanaga aks ettirish uchun taynlangan. 
Buxgaletriya xisobi bilan inventarizatsiya natijalari mahlumotlari orasidagi farq buxgaletriyada 
inv.–18 shaklidagi taqqoslash vedmostini tuzish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi. 
200______yil_____________holatida asosan vositalarni inventarizatsiya natijalarini taqqoslash 
vedvosti. 
200______yil «___»____dagi buyruqqa asosan__________________ 
lavozimi, familiyasi 


mahsuliyatli saqlashda turgan aosiy vositalarning haqiqiy borligi inventarizatsiya qilinadi. 
Inventarizatsiya boshlandi 200____yil «___»____________ 
Inventarizatsiya tugatildi 200____yil «___»____________ 
Inventarizatsiya aniqlandi 
Tartib 
nomeri 
Nomi 
va 
qisqacha 
tahrifi 
Chiqarilgan 
(tayyorlangan 
yili) 
Inventarizatsiya natijalari 
ortiqcha 
kam 
soni, dona qiymati 
soni, dona qiymati 
Buxgalter 
Taqqoslash natijalari bilan tanishtirildi 
Moddiy javobgar shaxsning imzosi 
Buxgalter xisobida yo‘q bo‘lgan obhektlar ro‘yxatga yoziladi va hozirgi (joriy) qiymatda 
baholanadi. Bunda eskirish obhektining haqiqiy holatiga qarab aniqlanadi. Yetishmagan 
mahlumotlar komissiya tomonidan inventarizatsiya ro‘yxatiga yozib qo‘yiladi. Inventarizatsiya 
mahlumotlari taqqoslash yo‘li bilan hisob (inventar kartochkalar) mahlumotlari bilan solishtiriladi. 
Hisobda aks ettirilgan asosiy vositalar qiymatini ko‘paytiruvchi yoki asosiy vositalar dastlabki 
qiymatini kamaytiruvchi kapital ishlar aniqlansa, komissiya dalolatnoma tuzadi va obhektning 
dastlabki qiymatini ko‘paytiruvchi yoki kamaytiruvchi mummani aniqlaydi. 
Asosiy vositalarni inventarizatsiya qilishda №19 BHMSning umumiy qoidalari, xususan 
24-29 bandlariga rioya qilinadi. 
Inventarizatsiyada aniqlangan asosiy vositalar kamomadi buxgalteriya hisobida quyidagi 
tartibda aks ettiriladi: 
a) Kam chiqqan asosiy vositalar obhektining boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati hisobdan 
chiqarilganda 
Debet 9210-«Asosiy vositalarning chiqib ketishi» schyoti 
Kredit 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar» (0110-0199) 
b) Kam chiqqan asosiy vositalar obhekti bo‘yicha hisoblangan eskirish summasi hisobdan 
chiqarilganda. 
Debet 0200-«Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi schyotlar» (0211-0299). 
Kredit 9210-«Asosiy vositalarning chiqib ketishi» schyoti 
v) Kam chiqqan asosiy vositalar obhektining qoldiq qiymatiga 
Debet 5910-«Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar» schyoti 
Kredit 9210-«Asosiy vositalarning chiqib ketishi» schyoti 
Agar baholash natijasida obhektning bozor qiymati (undiriladigan summa) kam chiqqan 
obhekt qoldiq qiymatidan yuqori bo‘lsa, olingan daromad summasi buxgalteriya hisobida 
quyidagicha aks ettiriladi: 
Debet 4730 –«Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi» schyoti – aybdor yoki 
moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan bozor qiymatiga; 
Kredit 5910 – «Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar» schyoti – kam 
chiššan asosiy vositalar obhektining šoldiš šiymatiga; 
Kredit 9390 – «Boshqa operatsion daromadlar» schyoti-aybdor shaxs yoki moddiy 
javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan bozor qiymati va qoldiq qiymati o‘rtasidagi farq 
summaga (olingan daromad). 
Olingan daromad summasi umumiy belgilangan tartibda soliqqa tortiladi. 
Agar baholash natijasida obhektning bozor šiymati (undiriladigan summa) kam chiqqan 
obhektning qoldiq qiymatidan past bo‘lsa, ko‘rilgan zarar summasi buxgalteriya hisobida 
quyidagicha aks ettiriladi: 
a) Debet 4730-«Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi» schyoti – aybdor 
yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan bozor qiymatiga. 
Debet 9430 - «Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti – aybdor yoki moddiy javobgar 
shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan bozor qiymati va qoldiq qiymati o‘rtasidagi farq summaga 


(ko‘rilgan zarar summasiga) 
Kredit 5910 - «Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar» schyoti – kam 
chiqqan asosiy vosita obhektining qoldiq qiymatiga. 
Ko‘rilgan zarar summasi daromad (foyda) solig‘ini hisoblashda umumiy belgilangan 
tartibda soliqqa tortiladigan bazaga qo‘shiladi. 
b) ko‘rilgan zarar summasini xœjalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy-xœjalik faoliyati 
natijalariga olib borish; 
Debet 9900-«Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar» schyoti. 
Kredit 9430 – «Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti 
Kamomadning aniq aybdori topilmagan yoki moddiy javobgar shaxslardan undirib olish 
imkoni bo‘lmagan hollarda kam chiqqan asosiy vositalarni hisobdan chiqarish quyidagi tartibda 
amalga oshiriladi: 
a) boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatiga 
Debet 9210 – «Asosiy vositalarning chiqib ketishi» 
Kredit 0100 – «Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar» (0110-0199) 
b) μisoblangan eskirish summasiga 
Debet 0200 – «Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi schyotlar» (0211-0299) 
Kredit 9210-«Asosiy vositalarning chiqib ketishi» schyoti. 
v) Ko‘rilgan zarar summasini hisobdan chišarish. 
Debet 9430 – «Boshqa operatsion xarajatlar» 
Kredit 9210 – «Asosiy vositalarning chiqib ketishi» schyoti. 
g) kœrilgan zarar summasini xœjalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy-xœjalik faoliyati 
natijalariga olib borish: 
Debet 9900-«Yakuniy moliyaviy natijalarni μisobga oluvchi schyotlar» schyoti. 
Kredit 9430 – «Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti 
Ko‘rilgan zarar summasi daromad (foyda) solig‘ini hisoblashda umumiy belgilangan 
tartibda soliqqa tortiladigan bazaga qo‘shiladi. 
Inventarizatsiyada aniqlangan hisobga olinmay qolgan asosiy vositalar obhektlari shularga 
o‘xshash obhektlarning oshiqcha chiqish aniqlangan sanadagi bozor qiymati bo‘yicha ularning 
haqiqiy ahvolini hisobga olgan holda baholanadi (oshiqcha chiqish sabablari va aybdor shaxslar 
keyinchalik aniqlanadi) va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: 
a) hisobga olinmay qolgan asosiy vositalarni bozor bahosi bo‘yicha kirim qilish. 
Debet 0100 – Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar» (0110-0199) 
Kredit 9390 – «Boshqa operatsion daromadlar» schyoti. 
Olingan daromad summasi umumiy belgilangan tartibda soliqqa tortiladi. 
Hisobga olinmay qolgan asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya ular asosiy vositalar 
tarkibiga qo‘shilgan paytdan boshlab hisob siyosatida belgilangan tartibda hisoblanadi. 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin