Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi (eskirishi) hisobi



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə176/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

10.4. Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi (eskirishi) hisobi 
Amortizatsiya nomoddiy aktivning foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya 
qiymatini muntazam ravishda taqsimlash va ko‘chirish ko‘rinishida eskirishning qiymat ifodasidir. 
Nomoddiy aktivlarning amortizatsiya qiymati taxmin qilinayotgan tugatilish qiymatini chiqarib 
tashlagan holda aktivning dastlabki qiymati yoki moliyaviy hisobotlarda ko‘rsatilgan qiymat 
o‘rnini bosadigan boshqa qiymatning summasidir. 
Nomoddiy aktivlarga eskirish hisoblashda «Nomoddiy aktivlar» nomli 7-son BHMAga 
hamda O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksiga amal qilish lozim.
«Nomoddiy aktivlar» nomli 7-son BHMAga asosan nomoddiy aktivning amortizatsiya 
qiymati uning foydali xizmat muddatidan oshmagan holda, foydali xizmat muddatini belgilash 
mumkin bo‘lmagan paytda 5 yilni hisobga olib (lekin korxonaning faoliyat muddatidan oshmagan 
holda) muntazam asosda taqsimlanishi kerak. 
Quyidagi nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblanmaydi: 

Haqiqiy emas (ishlamaydigan) deb topilgan va huquqiy oqibatlar keltirib chiqarmaydigan 
nomoddiy aktivlar; 

Korxonaga tegishli bo‘lmagan, lekin huquq egasi tomonidan litsenziya shartnomasi yoki 
boshqacha shartnoma (tanho bo‘lmagan litsenziya) bo‘yicha berilgan va balansdan tashqari 
hisobvaraqda hisobga olinadigan nomoddiy aktivlardan foydalanish huquqi asosida korxona 
foydalanayotgan nomoddiy aktivlar; 

Korxonaga tegishli tovar belgisiga va xizmat ko‘rsatish belgisiga egalik huquqi, shuningdek 
vaqt o‘tishi bilan ularning iste’mol xususiyati o‘zgarmaydigan tovar chiqarilgan joy nomiga egalik 
huquqi; 

Gudvill.


Amortizatsiyalanuvchi qiymat muntazam ravishda nomoddiy aktivni foydali ishlatishning 
butun davriga taqsimlanadi. Amortizatsiya turli xil usullarni qo‘llash yo‘li bilan amalga oshiriladi: 
to‘g‘ri chiziqli usul, kamayib boruvchi qoldiq usuli va hosil qilingan birliklar summasi 
amortizatsiyani hisoblab yozish usuli kiradi. 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin