To‘g‘ri chiziqli usul nomoddiy aktivni foydali ishlatishning butun davri mobaynida
eskirishning doimiy summalarini hisoblab yozishdan iborat.
Kamayib boruvchi qoldiq usuli bo‘yicha muntazam hisoblab yozilayotgan summalar
foydali ishlatish muddati davomida kamayadi.
Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblab yozish usuli ga binoan
amortizatsiya miqdori faqat nomoddiy aktiv qancha marta ishlatilishiga yoki qancha mahsulot
birligi ishlab chiqarilishi kutilayotganiga bog‘liq bo‘ladi.
To‘g‘ri chiziqli usul. Amortizatsiyani hisoblab yozish usullaridan birortasini qo‘llashni
aniqlash qiyin bo‘lgan hollarda hisoblab yozishning to‘g‘ri chiziqli usulidan foydalaniladi.
Amortizatsiyani hisoblashda uning tugatilish qiymatiga e’tibor berish lozim. Agar boshqa
summani ishonchli tarzda hisob-kitob qilish mumkin bo‘lmasa, nomoddiy aktivning qoldiq
qiymati nolga teng bo‘ladi.
Misol. «Bobur» hissadorlik jamiyatida nomoddiy aktivga eskirish hisoblash bo‘yicha
quyidagi ma’lumotlar mavjud:
•
Nomoddiy aktivning balans qiymati - 10000 ming so‘m;
•
Tugatilish qiymati - 1000 ming so‘m;
•
Xizmat muddati – 5 yil.
Yillik amortizatsiya summasi = (10000-1000)/5= 1800 ming so‘m.
Amortizatsiyani to‘g‘ri chiziqli usulda hisoblash jadvali Yillar Balans qiymati Yillik amortizatsiya summasi Jamg‘arilgan amortizatsiya Qoldiq qiymati 1-yil
10000
1800
1800
8200
2-yil
10000
1800
3600
6400
3-yil
10000
1800
5400
4600
4-yil
10000
1800
7200
2800
5-yil
10000
1800
9000
1000